Ozganing plastik kartasidan 6 mln som omargan 18 yoshli sirdaryolik yigit qolga olindi

Toshkent shahar IIBB ozganing plastik kartasidan 6 million som yechib olgan firibgarni qolga oldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.Toshkent shahar IIBBga Yunusobod tumanida yashovchi Olimjon ismli fuqaro murojaat qilib, avgust oyida uning Telegram raqamiga notanish insondan xabar kelganini bildirgan. Unda takidlanishicha, Olimjon Click mobil banking tizimi tomonidan otkazilgan tanlovda golib bolib, yuz ming som yutib olgan. Notanish inson pulni plastik kartaga otkazib berishini, buning uchun plastik raqami va SMS orqali yuborilgan kodni aytishini soragan. Olimjon hech narsadan shubha qilmay, barchasini aytgan va plastik kartasidagi 6 million somidan ayrilgan.Jinoyat qidiruv bolimi xodimlari tomonidan korilgan tezkor choralar natijasida Olimjonning plastik kartasidagi pullar 17 yoshli U.Z. ismli yigitning plastik kartasiga otkazilgani aniqlangan. Asli qashqadaryolik bolgan U.Z. hozirda respublikadagi OTMlardan birida tahsil oladi. Uning aytishicha, avgust oyida Telegram orqali nomalum shaxs Telegramdagi Noyobbek, Aforizmlar va Yangiliklar kanallariga obunachilarni malum mablag evaziga qoshishni soragan. Oradan biroz vaqt otgach, bajarilgan ish uchun U.Z.ning plastik kartasiga 6 million som kelib tushgan.Otkazilgan chora-tadbirlar natijasida yuqorida nomi tilga olingan Telegram kanallar Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 18 yoshli Javohirga tegishli ekanligi malum boldi. Javohir joriy yil noyabr oyida jinoyat ishlari boyicha Qoqon shahar sudida firibgarlik ishi boyicha aybdor deb topilgan. Bu vaqtda u hali voyaga yetmagan bolgani sabab sud unga bir yil shartli sinov muddatini belgilagan.Hozirda Javohirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda (Firibgarlik) boyicha jinoyat ishi qozgatilgan. Ayblanuvchi jabrlanuvchining pullarini toliq qaytargan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0