Aurus prezident limuzinlarini seriyali ishlab chiqarish 2021-yilga qoldirildi

Tataristonning Yelabuga shahridagi “Sollers” avtomobil zavodida 2021-yilning birinchi choragida Rossiyaning Aurus avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Foto: Auto VestiMeduza’ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturovga zavodda namoyish etilgan taqdimotda ma’lum qilingan. Unda aytilishicha, zavodda Aurus avtomobillarining birinchi tajribaviy partiyasini ishlab chiqarish 2020-yilning noyabriga mo‘ljallangan.Denis Manturov 2019-yilning avgust oyida Yelabugada Aurus avtomobillari seriyali ishlab chiqirish 2020-yildan boshlanishini aytgandi.“Sollers” zavodi ushbu avtomobildan 2020-yilda 28 dona, 2021-yilda esa 360 dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Undan keyingi yillarda ishlab chiqariluvchi avtomobillar soni ortib boradi va rejaga ko‘ra 2024-yilga kelib 5 274 donaga yetadi.Iyul oyida Denis Manturov Aurus avtomobili narxi tijoriy buyurtmachilar uchun taxminan 18 million rubl bo‘lishini ma’lum qilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0