Andijonda yolkira narxini asossiz oshirganlarga qarshi reyd otkazilmoqda

Shahar va tumanlarda noqonuniy ravishda yolovchi tashish faoliyati bilan shugullanayotgan va haydovchilar tomonidan yolkira narxlarini suniy ravishda oshirishning oldini olish maqsadida Andijon viloyatida maxsus reyd tadbirlari otkazilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Foto: Transport vazirligi axborot xizmatiViloyat prokuraturasi, viloyat monopoliya boshqarmasi, yol harakati xavfsizligi boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat transport boshqarmasi xodimlaridan iborat tarkibda 8 ta reyd guruhlari shakllantirilib, Andijon viloyatining muayyan hududlariga biriktirildi.Qoshma reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yolovchi tashish faoliyati bilan shugullanayotgan, avtotransport vositasini texnik korikdan, haydovchilari esa tibbiy korikdan otmagan holda yonalishlarga chiqib faoliyat yuritayotgan, shuningdek, yolkira narxlarini asossiz ravishda oshirib olgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda choralar korilmoqda.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti talabalari shahardagi 222-yonalish Pistamozor Markaziy shahar shifoxonasi va 75-yonalish Andijon davlat universiteti Yangibozor haydovchilari tomonidan yolkira narxi assosiz ravishda oshirib olingani borasida xabarlar tarqalgan edi.12-dekabr kuni Andijon shahrida otkazilgan qoshma reyd tadbirida jami 21 nafar litsenziyasiz noqonuniy faoliyat korsatayotgan haydovchilar aniqlanib, mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.Mavzuga doir:Olmaliqda yolkira narxi elon qilinmay oshirilishi tanqid qilindi. Toshkent viloyati hokimligi masullarni qatiy ogohlantirdiShuningdek, 5 nafar haydovchilar texnik va tibbiy koriklardan otmaganligi, 36 nafari belgiga amal qilmaganligi, 31 nafari yolovchi tashish qoidasini buzganligi va 9 nafari yol kira narxlarini ozboshimchalik bilan oshirib olganligi uchun jami 102 ta mamuriy bayonnomalar tuzildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0