Tanzila Norboyeva Daryo fotomuxbirini Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot bilan taqdirladi

Oliy Majlis Senatida Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda? tanlovi goliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi. Unda Oliy Majlis Senati va Tanlov komissiyasi azolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar qatnashdi. Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmatiTadbirda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi va nutq sozladi.Mazkur tanlov jurnalist va blogerlar ortasida katta qiziqishga sabab bolib, mamlakatning barcha hududlarini qamrab oldi. Jumladan, tanlovda oltita nominatsiya boyicha Ozbekiston hamda chet el ommaviy axborot vositalarining 50 nafarga yaqin jurnalistlari va blogerlar tomonidan qariyb 500 ta ijodiy ishlar taqdim etildi. Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmatiMatbuot, televideniye, radio, internet nashrlari xodimlari (jurnalist, fotojurnalist), shuningdek, blogerlar tomonidan Senatorning bir kuni, Senatning xalqaro faoliyati, Senator sorovi natijalari, Senat aralashuvi bilan hal bolgan masalalar, Senat faoliyatidan yorqin misollar kabi mavzularda reportaj, fotoreportaj, ocherk, teleocherk, radioocherk, tahliliy maqola, jurnalistik surishtiruv, telekorsatuv, radioeshittirish kabi turli janrlarda taqdim etilgan materiallarni organish va belgilangan tartibda baholash asosida quyidagi jurnalist va blogerlar tanlov nominatsiyalari boyicha golib deb topildi.Senat Raisi Tanzila Norboyeva tanlov goliblariga Oliy Majlis Senatining medali, 1, 2, va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovgalarini topshirdi.Yil davomida Oliy Majlis Senati faoliyatini tezkor, xolisona va keng yoritib kelayotgan Ozbekiston 24 teleradiokanali jamoasiga minnatdorlik bildirilib, Eng yaxshi hamkor ommaviy axborot vositasi nominatsiyasi boyicha taqdirlandi. Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmatiEng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (televideniye): 1-orin UzReport telekanali; 2-orin Ruxsora Gofurova (OzEOAVMA Axborot markazining Zamon axborot-tahliliy dasturi muharriri); 3-orin Sohiba Aliqulova (Namangan viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi bosh muharrir orinbosari). Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (radio): 1-orin Sayyora Allaberdiyeva (Ozbekiston 24 radiokanali katta muharriri); 2-orin Gozal Yaxudayeva (Qoraqalpogiston Respublikasi teleradiokompaniyasi katta muharriri); 3-orin Tursunov Zafar (OzEOAVMA Radio-Axborot markazi bosh muharriri). Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmatiEng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (matbuot): 1-orin Karimova Munisxon (Xalq sozi gazetasi muxbiri); 2-orin Aliyeva Munisa (Darakchi gazetasi muxbiri); 3-orin Tojiyeva Zamira (Birja gazetasi muxbiri). Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (internet nashrlari): 1-orin Kun.uz internet nashri; 2-orin Abduraimova Norgul (OzA veb-sayt axboroti tahririyati Qonunchilik, huquqiy targibot va korrupsiyaga qarshi kurashish bolimi mudiri); 3-orinlar Qalampir.uz internet nashri; Povarov Dmitriy Rossiya segodnya xalqaro axborot agentligi (Rossiya) muxbiri; Avezmatov Sherali FarsNews axborot agentligi (Eron Islom Respublikasi) muxbiri. Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmatiEng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (fotojurnalistika): 1-orin Madina Nurmanova (Daryo.uz internet nashri fotomuxbiri); 2-orin Muhammadjon Ganiyev (Kun.uz internet nashri fotomuxbiri); 3-orin Hasan Paydoyev (Xalq sozi.uz internet nashri fotomuxbiri). Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (blogerlar): 1-orin Nozimjon Safarov (Nozimsafari Telegram kanali muallifi, bloger); 2-orin Qobil Xidirov (Davletovuz Telegram kanali muallifi, bloger); 3-orin Shahnoza Soatova (Shahnozxon Telegram kanali muallifi, bloger). Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0