Haqiqat qaror topdi: Daryo tanqididan song surxondaryolik nomzod oz joyiga qaytarildi

Daryo internet nashrida Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi 30-maktab direktori Dilbar Saidovaning dastlab Ozbekiston Liberal demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputatligiga nomzod sifatida korsatilgani, nomzodlarni royxatga olish ishlari tugatilgach esa Xalq demokratik partiyasidan nomzod sifatida chiqib kelgani haqida soz yuritgandik. Foto: OzASurxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin Torayevning Daryoga malum qilishicha, Qiziriq tuman Saylov komissiyasining 2019-yil 12-dekabrdagi qaroriga asosan Dilbar Saidovaga OzLiDeP azoligi qaytarilib, tuman Kengashi deputatligiga dastlabki mazil Yangikent mahallasidan nomzod qilib korsatilgan.Qiziriq tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Anvar Boriyevning aytishicha, tuman mutasaddilari yol qoyilgan xato-kamchilikni tushunib yetishgan. Bundan keyin bu kabi xato-kamchilik takrorlanmaydi, deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari. Biz xatoyimizni anglab yetdik.Anvar Boriyevning qoshimcha qilishicha, Daryoda elon qilingan shu haqdagi ikkinchi maqolada qiziriqlik Tora Shoyqulov ismli fuqaro bir vaqtning ozida tuman Kengashi va viloyat Kengashi deputatligiga 2 ta partiya Adolat SDP va XDP dan nomzod qilib korsatilgani bu shoshma-shosharlik belgisi. Haqiqatan ham partiyalarning pala-partish ishi va tala-top sabab gazetada chop etilgan deputatlikka nomzodlar royxatida Tora Shoyqulov ism-sharifli nomzod 28-Bandixon saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga Xalq demokratik partiyasidan, viloyat Kengashiga esa Adolat SDP dan davogar sifatida xato korsatilgan, deyiladi hokimlik axborot xizmati munosabatida. Shunga kora, Qiziriq tuman saylov komissiyasi fuqaro Tora Shoyqulovning nomzodlikdan voz kechish haqidagi arizasiga muvofiq, 2019-yilning 15-noyabrdagi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlikka royxatga olish togrisidagi 15-sonli qarorining unga tegishli qismi belgilangan tartibda bekor qilingan.Mavzuga doir: Arizaga yaxshilikcha imzo qoying, bu hokimning topshirigi. Parlament saylovlariga qadar partiyaviyligi ozgarib qolgan surxondaryolik nomzod soxta arizaga imzo chekishga majburlanmoqda Raddiya yozing, barchasi yolgon deng. Biz sizni deputat qilamiz. Surxondaryolik masullar saylov taqdirini oldindan belgilashga urinayotgani aytilmoqda Eslatib otamiz, Xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyat bolimi saylov jarayonlari bilan bogliq ushbu kozboyamachilikni rad etgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0