Ekspert: Soxta pulni qanday ajratish mumkin?

Respublika sud ekspertizasi markazi yetakchi eksperti soxta pullarga aldanib qolmaslik uchun nimalarga etibor berish kerakligi togrisidagi malumotlar bilan bolishdi, deb xabar beradi OzA. Foto: OzAFuqarolarimiz uy sharoitida milliy valyutamizni qogozini sifati va ustidagi ranglardan bemalol ajratib olsa boladi. Avvalo, banknotni yaxshilab his etishni organish kerak. Unda maxsus muhr bor, muhr relf yaratib turadi. Kozi ojiz odamlar ham qoli bilan his etishga yordam beruvchi qabariqlar borki, qol orqali paypaslab, bilsa boladi. Bunda undagi olchami va silliqligi ham muhim. Aslida rasmlar va yozuvlar bir xil, ranglar tiniq boladi. 50 minglik yoki 100 minglik bolsin, hammasi chiroq tushganda chetidagi belgisi har xil tusga kiradi.Qisqasi, puldagi suv belgisi, qiyalik burchagiga qarab harakatlanadigan himoya ipi, tasvirlarning bortib turishi va arkaning tagida oq rangli boyoqda bosilgan Ozbekiston Respublikasining xaritasi orqali tezda aniqlab olish mumkin. Banknotning pastki qismidagi naqshda yashirin tasvir mavjud bolib, bu lotin yozuvidagi UZ sozidan iborat. Bu ham malum qiyalik burchagida bemalol korinadi, deydi Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi yetakchi eksperti Malika Qambarova. Foto: OzATakidlanishicha, bularning hech biri soxta pullarda bolmaydi. Hatto ustida barmoq yurganda gadir-budirlik sezilmaydi. Ularning qogozini sifati bir ikki marta bukilsa yoki suv tegsa, yirtilib boyoqlari qolga otib qoladi.Ammo bazi soxta pullar juda murakkab tayyorlangan boladi, ularni oddiy kozda ajratish qiyin. Bu vaqtda turli uskunalar, hech bolmasa lupa kerak boladi.Qalbaki pullar masalasida koproq banklar bilan ishlaymiz. Yaqinda tekshirishga olib kelingan katta miqdordagi yevroning asosiy qismi soxta bolib chiqdi. Ayni vaqtda fuqarolar kelib ariza yozib, tegishli tolovni amalga oshirsa, eng kamida on kun muddatda pullarini tekshirib beramiz. Har bir obyekt uchun 900 ming atrofida tolov amalga oshiriladi, deydi Malika Qambarova.Mavzuga doir: Toshkentda 100 ming somlikni soxtalashtirgan yigitlar qolga olindi (video) Yoshlar ittifoqi yetakchisi qalbaki pullar ishlab chiqargani uchun qolga olindi Qayd etish kerakki, Jinoyat kodeksining 176-moddasiga kora, otkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogozlar yasash yoki ularni otkazish ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoyilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0