Mehnat vaziri Ozbekiston YeOIIga qoshilsa, Rossiyada ishlayotgan ozbekistonliklar patent olmasligini malum qildi

13-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining Fan, talim va sogliqni saqlash masalalari qomitasi majlisi bolib otdi, deb xabar beradi Senat axborot xizmati. Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmatiYigilishda senatorlar tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining ish bilan taminlash sohasidagi siyosat togrisidagi konvensiyasi ijro etilishi holati yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axboroti eshitildi.Takidlanishicha, mamlakatda ushbu konvensiya ijrosi boyicha qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, bugungi kunda respublikada 33,7 million doimiy aholining 14,9 millioni iqtisodiy faol bolib, ularning 13,6 millioni ish bilan taminlangan.Shu bilan birga tahlillarga kora, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborotda ayrim masalalar yetarli darajada yoki umuman yoritilmagan. Xususan, aholini ish bilan taminlashda xususiy bandlik agentliklarining faoliyati, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar haqida malumot keltirilmagan. Oliy talim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini bitirgan fuqarolarning ish bilan taminlanishi, mehnat bozorida talab yuqori bolgan, shuningdek, talab bolmagan mutaxassisliklar tahlil qilinmagan.Yigilish davomida Ozbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshiladigan bolsa, mehnat migrantlarining Rossiya hududida mehnat qilgani uchun undiriladigan patent tolovining bekor bolish yoki bolmasligi togrisidagi savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov javob qaytargan.Ozbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilgandan keyin patent tolovi bekor boladi. Ittifoqqa azo davlatlarning fuqarolari teng huquqli bolib qoladi, deb vazirning sozlarini keltiradi Kun.uz.Mavzuga doir: Assalom, Sovet Ittifoqi! Ozbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilishiga ijtimoiy tarmoqlar qanday munosabatda? Jamshid Qochqorov: Agar foydali bolsa, YeOIIga kiramiz Aytilganlardan kelib chiqib, majlisda qomita azolari tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, davlat buyurtmasi boyicha 104 mingta yangi ish orinlarining tashkil etilishi ustidan qatiy nazorat ornatish va ularning haqqoniyligini organish lozimligi aytib otildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0