Ikki yigitni samosud qilgan mushtumzorning shaxsi aniqlandi

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati 13-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar osmir yigitning haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan videogamunosabat bildirgan va mushtumzorlar qidirilayotganini malum qilgandi. Takidlanishicha, olib borilgan tekshiruvlar davomida ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Foto: IIV axborot xizmatiVideoda tasvirlangan holatlar 2018-yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati Angren shahri Ohangaron kochasi, 2/5 daha qarshisida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bolib otgan. Unda 2001-yilda tugilgan S.P. uch nafar tengdoshi bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T.ni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab urib tepganliklari, keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yigini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinganligi, kelishmovchilikka barham berilib, holat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan davosi yoqligi aniqlandi.Fuqaro S.P. bilan suhbatlashilganda, mazkur video qaysi yol bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin kongildan pushaymonligini bildirib, ushbu holataholi orasida shov-shuvga va ularning haqli etiroziga sabab bolganligi uchun kechirim soragan.Mavzuga doir:IIV ikki yigitni samosud qilgan mushtumzorlarni izlashni boshladi (video)Shu orinda holatga oydinlik kiritishda komaklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bolmagan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0