Toshkentda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bagishlangan media-forum bolib otdi

13-dekabr, juma kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bagishlangan Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar mavzusida xalqaro media-forum otkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. Foto: Bosh prokuraturaTadbir BMT Taraqqiyot dasturining Ozbekistonda samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Tadbirda Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa qator vazirlik va idoralarning masul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.Shuningdek, mazkur tadbirda bosh prokuror orinbosari Erkin Yoldoshev ishtirok etdi va nutq sozladi.Bosh prokuror orinbosari oz nutqida songgi yillarda Ozbekistonda besh yillik rivojlanish Strategiyasi asosida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini qonunchilik va institutsional darajada oshirish boyicha jiddiy choralar korilganligini qayd etib otdi. Foto: Bosh prokuraturaBundan tashqari, Erkin Yoldoshev oz nutqida Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi sifatida Bosh prokuratura tomonidan bu borada muhim islohotlar amalga oshirilayotganligini takidlab otdi.Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Istanbul harakatlar rejasi monitoringning tortinchi bosqichi natijalariga kora, xalqaro ekspertlar Ozbekiston ushbu tashkilotning avvalgi barcha tavsiyalari boyicha yutuqlarga erishganligini etirof etgan.Forumda ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar boyicha malumotlar berildi.Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasining veb-sayti, fuqarolarga korrupsiya faktlari togrisida davlat organlarini xabardor qilish imkonini beruvchi mobil ilova, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha amalga oshirilgan ishlarni monitoring qilish va baholash boyicha elektron axborot tizimi ishga tushirilayotganligi haqida toxtalib otildi. Foto: Bosh prokuraturaForum yakunida ishtirokchilar tomonidan respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklari himoya qilish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilganligi, bu borada xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0