Markaziy bank plastik kartalar va depozit hisobvaraqlarga mablag qabul qilish tartibini eslatib otdi

Ozbekiston Markaziy banki jismoniy shaxslardan oz mulkini (kochmas mulk yoki avtomobil) sotishdan tushgan pul mablaglarini, dividend yoki gonorarlarni ozlarining bank kartalari va depozit hisobvaraqlari orqali olish tartibi yuzasidan murojaatlarga javob berdi. Foto: DaryoMalum qilinishicha, jismoniy shaxslar xususiy mulkini sotishdan tushgan pul mablaglarini, shuningdek, dividendlar, ijodiy faoliyatidan olingan gonorarlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlarini ozlarining bank kartalari va depozit hisobvaraqlariga cheklovlarsiz olish huquqiga ega.Mulk oldi-sotdi shartnomasini tuzishda, shuningdek, dividend va boshqa qonuniy tolovlarni olishda, tolovni amalga oshiruvchi tomonga mablag oluvchining bank kartasi yoki depozit hisobvaragining bank rekvizitlarini taqdim etish zarur, ularni xizmat korsatuvchi bankdan olish mumkin.Banklarning mobil ilovalaridan yoki tolov tashkilotlarining (Payme, Click, Paynet va boshqalar) xizmatlaridan foydalanganda, tolovchiga mablag oluvchining bank kartasi raqamini berishning ozi kifoya.Agar bank kartasi SMS orqali xabar berish xizmatiga ulangan bolsa, u holda bank kartasi egasi mobil telefon orqali SMS-xabarnoma yoki Telegram bot orqali uning bank kartasiga mablag tushganligi haqida malumot olishi mumkin.Qayd etilishicha, banklar jismoniy shaxslarning bank kartalari yoki depozit hisobvaraqlariga mablaglarni kirim qilganligi uchun vositachilik haqi undirishga haqli emas.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0