Ozbekistonda sudyaga turli shaklda tasir otkazish holatlari boyicha javobgarlik kuchaytiriladi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorni imzoladi. Foto: Google ImagesOzbekiston Respublikasi Oliy sudi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi: prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qozgatish, jinoyat ishi qozgatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toxtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish; sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan, ishning har tomonlama, tola va xolisona organilishiga tosqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda tasir otkazish holatlari boyicha javobgarlikni kuchaytirish. Qonunlar ijrosini taminlashning samaradorligini oshirish yuzasidan:a) Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qollash amaliyotini organish hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini monitoring qilib borish, qabul qilingan qonunlarni aholi ortasida keng targib qilish ishlarini takomillashtirish va kuchaytirish tavsiya etildi;b) Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yoli bilan himoya qilishda qonunlarning bir xil va togri qollanilishi holatlarini organish yuzasidan sud amaliyotini har chorakda umumlashtirib borish, zaruratga kora tegishli Plenum qarorlarini qabul qilish tavsiya etildi;v) Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks organilishini hamda uning natijalarini reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini taminlaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0