Ozbekistonda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlardagi bog va tokzorlar toliq hatlovdan otkaziladi

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogini yanada rivojlantirish, sohada qoshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Huquqiy axborot Telegram kanali. Foto: AgronetQarorga muvofiq, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.Meva-sabzavot klasteri tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpogiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qishloq xojaligi vazirligi ortasidagi uch tomonlama kelishuv asosida tashkil etiladi.Qarorga kora: meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi mavjud bog va tokzorlar hatlovdan otkaziladi; hatlov natijasiga kora, samarasiz bog va tokzorlarni yangilash yuzasidan tumanlar kesimida manzilli royxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi; yangi bog va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xojaligi birlashmasiga biriktiriladi. Shuningdek, qishloq xojaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past bolgan paxta va galladan boshagan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bog va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar quriladi hamda ular aholiga lizing va kredit shartlari asosida beriladi.Qarorning toliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0