Fargonalik yigitning sirli olimi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan prokuratura malumot berdi

Facebook ijtimoiy tarmogida Qoqonda sirli olim qotillari kimlar... sarlavhali maqola tarqaldi. Unda Qoqon shahri, Istiqlol kochasidagi uyda yashagan 29 yoshli Furqatjon Abdunazarovning olimi va voqea yuzasidan murojaatlarga davlat organlari javob bermaganiga norozilik bayon etilgan. Foto: Facebook/Bahodirkhon EliboyevUnda aytilishicha, Furqatjon Abdunazarov Qoqondagi festival yakunida, yani 15-sentabr kuni ortoqlari T.R. va E.R. bilan birga xonadonlardan biriga qandil ornatib berish uchun chiqib ketgan. Biroq osha kuni kechasi uni kimdir uyiga tashlab ketgan. Furqatjonning yonidagi telefoni va pullarini topolmadik, degan uning onasi.Shuningdek, xabarda aytilishicha, osha kechasi Furqatjonga kimdir 40 ta Anaprilin tabletkasini ichirgan. Uyqusi kelayotganini, boshi aylanayotganini aytishga ulgurgan Furqatjon 16-sentabrga otar kechasi vafot etgan. Mazkur voqeadan keyin Furqatjonning onasi ekspertizaga, Qoqon shahar IIBga, prokuraturaga, portalga bir necha bor murojaat qilgan, lekin ulardan javob olmagan. Shu sababli ijtimoiy tarmoq orqali jurnalistlarga murojaat qilishga majbur bolgan.Ushbu voqea yuzasidan Fargona viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Qayd etilishicha, Furqat Abdunazarovning oz yashash xonadonida tosatdan vafot etganligi holati yuzasidan Qoqon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv otkazilgan.Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida marhum Furqat Abdunazarovning olimi tromboz kasalligi, opka arteriya qon tomirlarining tromboemboliyasi oqibatida otkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqanligi korsatilgan. Shuningdek, marhum Furqat Abdunazarov hayotlik vaqtida tromboz, opka arteriyasining qon tomiri tromboemboliyasi bilan kasallanganligi, aynan shu kasallik uning olimiga bevosita sabab bolganligi bayon etilgan.Marhumdan olingan qon namunalari tarkibidan dori vositalari topilmagan. R.T. va R.I. 2019-yil 15-sentabrda ortogi Furqat Abdunazarov bilan birga soat 20:00 larda korishib, birga pivo ichgani, Furqat Abdunazarov mast bolib qolganligi sababli soat 23:00 larda R.T. uni yashash xonadoniga olib borib tashlab kelganligi, Furqat Abdunazarov biror-bir dori vositasi istemol qilmaganligini, ularning ortasida biror-bir janjal bolmaganligini bildirgan.Tekshiruv natijalariga kora, Furqat Abdunazarovning vafot etganligi holatida biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli 2019-yil 15-oktabrda jinoyat ishi qozgatish rad etilgan hamda bu haqda marhumning yaqin qarindoshlariga malum qilingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0