Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga boradi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoanjoriy yilning 1720-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Foto: Ozbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatiYaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Parlamentning Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo, Parlamentning Vakillar palatasi spikeri Tadamori Osima, bosh vazir orinbosari, moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar bolib otadi. Tomonlar OzbekistonYaponiya munosabatlarini, shu jumladan, istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yonalishlarini muhokama qiladi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashiladi.Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan qabul qilinadi.Tashrif dasturidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaoka, yetakchi sanoat va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar orin olgan. Mamlakatlar ishbilarmonlik doiralari ortasidagi hamkorlikni kengaytirish, Yaponiya kompaniyalari vakillarini Ozbekistondagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ozaro manfaatli shartlarda jalb qilish masalalarini korib chiqish rejalashtirilgan.Davlat rahbari Yaponiyaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan biri Nagoya shahriga tashrif buyurib, shaharlar va talim muassasalari ortasida sheriklik aloqalarini ornatish istiqbollarini muhokama qilish uchun Aichi prefekturasi gubernatori Xideaki Omura, shahar meri Takasi Kavamura, Nagoya universiteti rektori Seyichi Matsuo bilan uchrashadi.Muzokaralar natijasi boyicha Ozbekiston bilan Yaponiya ortasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish togrisida Qoshma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0