Senator Gavhar Alimova: Tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda

OzA muxbirining Samarqand viloyat hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi, senator Gavhar Alimova bilan suhbati xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, oiladagi ornini mustahkamlash borasidagi yutuqlar va kamchiliklar mavzusida boldi. Foto: OzA Bosh qomusimizda erkak va ayol teng huquqli deyilgan bolsa-da, nega ular teng emas? Biz doim ayollar bilan ishlaymiz, lekin nega erkaklar bilan hech bir tashkilot shugullanmaydi? Bunda Nuroniy, mahalla posbonlarining orni qani? , deydi senator G.Alimova. Misol uchun, yaqinda Payariqda erkak ayolini qasddan oldirdi. Men osha ayol bilan suhbat qurgan edim. Qolimda u ayol bilan qilingan suhbatlar va tushuntirishlar jamlangan katta papka bor. Erkak bilan esa hech kim suhbatlashgani, gaplashgani yoq. Oqibatda fojia yuz berdi.Oldin muammolarni yashirardik, endi ularni ochiqcha aytyapmiz. Shu maqsadda har bir hududda 30 nafardan iborat jamoatchilik guruhi faoliyat yuritib, muammolar aniqlanmoqda. Xususan, yil davomida tort mingnafar ogir ahvoldagi ayollar royxati shakllantirilib, 80 foiziga yordam berildi. Imtiyozli kreditlar, imkoniyati cheklangan fuqarolarga aravachalar, qoltiqtayoq olib beryapmiz. Kopgina xotin-qizlar uchinchi shaxsning aralashuvi tufayli taqdiri ozgarib, baxtsiz bolayotganini kuzatish mumkin. Ming afsuski, oilada uchrayotgan zoravonliklarda uchinchi shaxs, ayniqsa, qaynonalarning aralashuvi uchraydi. Lekin, bazida shunga majbur ham boladi. Kelinning qolidan ish kelmaydi, tili esa juda uzun. Bunday paytda erkak gazablanib, masuliyatsizlik bilan farzandlari onasiga zoravonlik qilishi bor narsa.Bunday vaqtda kop hollarda ayollar jabrlanadi. Sababi, shariy nikoh bilan oila qurilgan. Taziq bolganda, ajrim holati yuzaga kelganda ayol hech qanday himoyasiz, uysiz, kochada qoladi. Har bir ayol ozining huquqlarini himoya qilishi uchun avvalo huquqiy savodxonligini oshirishi kerak. Bazi ota-onalar er chiqdi, berib yuborsam, hayoti davom etadi, deb adashadi. Qonuniy nikoh asosida, munosib turmush quradigan yigitga berish xayoliga ham kelmaydi. Qonuniy nikohdan otmaslik, tugiladigan farzandning taqdiriga qanday tasir qiladi? 20182019-yillarda viloyatda 5 mingdan ortiq shariy nikoh bilan yashayotgan oila aniqlandi. Hozirda ularning 4 mingtasi FXDYodan otkazildi. 300 yaqin fuqaro qonuniy nikohdan ajrashmagan bolsa-da, boshqa oila qurgan.Bunda ular tibbiy korikdan ham otmay oila qurgan. Oylab koring, yigit yoki qiz har xil, jumladan, yuqumli kasalga chalingan bolishi ham mumkin. Yaqinda bir ayol yiglab keldi, shariy nikoh bilan turmushga chiqib, eridan sil yuqtirgan. Yana bir ayolni organdim. Turmush qurgach, olti oydan keyin sogligi yomonlashgan, homilador bolsam kerak degan fikrda shifokorga borsa, SPID aniqlangan. Qaysi hududlarda xotin-qizlar bilan bogliq zoravonlik holatlari, kam taminlanganlik, ishsizlik kop uchraydi? Oqdaryoda tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda. Bunda asosiy muammo onada. Kechasi qizi chiqib ketsa, ona qanday qilib bilmasligi mumkin. Yaqinda 16 yosh qizning homiladorligi aniqlandi. U 15 yoshda shu yolga kirgan, ona bilmadim, deydi yelka qisib. Bu javobmi? Nima uchun qizining tarbiyasi bilan shugullanib, dildan suhbatlashmaydi. Nega ota oglining yurish-turishini nazorat qilmaydi, otirib gaplashmaydi. Qani oilada otaning orni?Togri, maktab-chi, deymiz, u talimga javob beradi. Mahalla deymiz, qaraydi qiz kochada tinch yuribdi. Hamma narsa oilada, uyda yuz bermoqda. Misol uchun, kuni kecha 17 yosh qiz uydan chiqib ketgan. Onasi telefon qilib Iltimos, shu qizimni qamatib yuboring, deydi. Yosh qiz icharkan, chekarkan, uydan chiqib ketib, bir hafta, on kun yoq bolib ketarmish. Harakat qilib, bir kunda topdik. Shaharga olib kelib, psixolog biriktirdik. Bitta darsdan keyin qochib ketdi. Psixolog haftasiga uch marta qatnab, qizni uyiga borib dars otmoqda. Tarbiya oilada bolmagandan keyin qiyin ekan.Pasdargom, Urgut tumanlarida ham qator masalalar mavjud. Bu hududlarda aholi zich joylashgan, kam taminlanganlar ham nisbatan koproq. Urgutdagi eng katta muammo qizlarning erta turmushga berilishi. Ayol faqat bola katta qiladi, rozgor qiladi, degan tushunchalar davri otdi. Qizlarga zamonaviy bilim berish, oqitish, kerak bolsa, kuchli tadbirkor va siyosatchi qilib tayyorlashimiz kerak. Keyingi vaqtlarda mahallalarda, tuman, viloyat kesimida tadbirbozliklar avj olgan? Qachon ishlab boladi bunday holatda? Shuning uchun mahallada hisobot uchun otayotgan tadbirlarga chek qoyib, mutaxassislarni jalb qilib, joylarda manzilli, aniq targibot otkazishimiz kerak. Togri, biz aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bilimlarini boyitishga harakat qilamiz. Buning uchun tadbirlarni kopaytirishhamda ularni yuzaki otkazmaslik kerak. Eng yomoni nima, bilasizmi? Bunday yigilishlarga masuliyatli odamlar keladi. Ichkilikka berilgan erkak yoki taziqqa uchrayotgan ayollar kelmaydi. Muammosini yashiradi. Endi yashirish vaqti otib ketdi. Mahallaga chiqib murojaat qilishi kerak.Hozirda bandlik masalasi Urugutda korilmoqda. Trikotaj ishlab chiqarishga moljallangan inshootlar Payariqda qurildi. Eng ogir tumanlar Qoshrabot, Oqdaryo, Ishtixonda katta tikuv sexlari ishga tushirildi. Bu kabi ishlab chiqarish korxonalari yanada kopaysa, muammolarni yechish ham osonlashadi. Bu borada xalqaro tashkilotlar bilan ham keng hamkorlik qilinmoqda. Misol uchun, Yevropa Ittifoqi, Fransiyaning ACTED gumanitar yordam tashkiloti komagida chekka qishloqlardagi qiynalgan xotin-qizlarga qaytarilmaydigan kredit berish yolga qoyildi. Bu pullar ularga qoramol, tikuv mashinasi, sartaroshxona uchun jihozlar, asalari uyalari, issiqxona tashkil qilishiga bemalol yetdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0