Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali.Nizomga ko‘ra, Davlat tilini rivojlantirish departamenti Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.Nizom bilan departamentning asosiy vazifalari belgilandi. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish shular jumlasidandir.Departament tuzilmasi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.Ma’lumot uchun: Davlat tilini rivojlantirish departamenti Prezidentning 2019-yil 21-oktabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan, departamentning rahbari etib Abdug‘affor Qirg‘izboyev tayinlangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0