Ekopartiya vakili Rossiya daryolarining bir qismini Orolga quyishni taklif qildi

Ekologik partiya vakili Orol dengizini qayta tiklash uchun Sibir daryolari suvlarini olib kelish loyihasiga qaytishni taklif qildi. Sputnik’ning xabar berishicha, partiya vakili daryolar oqimini o‘zgartirish yoki yangi kanallar qazishni emas, balki quvur qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda. Foto: TBNRossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, Shirshov nomidagi Okeanologiya instituti direktori o‘rinbosari Petr Zavyalov bunday qarorning qanchalik maqsadga muvofiqligiga baho berdi. Ekologiya va okeanologiya sohalarida mutaxassis bo‘lgan Petr Zavyalovning so‘zlariga ko‘ra, Orol dengizi ekologik halokati allaqachon mintaqaviy darajadan chiqib ulgurgan va u tizimli va keng qamrovli yechimga muhtoj.“Albatta bu birdaniga qabul qilinadigan populistik qaror bo‘lmasligi kerak — bunday loyihalar jiddiy ekologik va muhandislik baholash ishlarini talab qiladi. Sibir iqlimining o‘zgarayotganligi, chuchuk suvning haddan ko‘pligi va u yerda doimiy toshqinlar bo‘lib turishini hisobga olsak, bu yaxshi fikr. Bunday sharoitlarda Irtish daryosi suvining bir qisminin O‘rta Osiyoga oqizish O‘zbekiston muammosini hal qilishi va Rossiyadagi vaziyatni normallashtirishi mumkin”, — deb ta’kidlagan Zavyalov.Uning aytishicha, bunday suv quvurini o‘tkazish yuzlab milliard dollarga tushishi mumkin, biroq bu gaz va neft kabi sarflangan xarakatlarni to‘liq qoplaydigan loyiha bo‘ladi.“Eng muhimi bu qayta tiklanadigan resurs. Nima uchun biz gaz va neftni sotgan kabi suvni ham sotolmaymiz? Men bu yerda hech qanday qo‘rqinchli narsa ko‘rmayapman”, — deya o‘z fikrini yakunlagan Zavyalov.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0