Shavkat Mirziyoyev YXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr, juma kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish boyicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiDavlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston bilan YXHT va uning tuzilmalari ortasidagi konstruktiv hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.Bugungi kunda tashkilot bosh kotibi Tomas Gremingerning Ozbekistonga tashrifi yakunida qabul qilingan YXHT bilan sheriklikni kengaytirish boyicha yol xaritasi amalga oshirilmoqda. Foto: Prezident matbuot xizmatiOzbekiston tashkilotning Parlament Assambleyasidagi ishtirokini tikladi. YXHT Ozbekistondagi parlament saylovlariga 1999-yildan buyon ilk bor tolaqonli missiyani jonatdi.Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yonalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qoshma tadbirlar otkazish masalalari muhokama qilindi. Foto: Prezident matbuot xizmatiYXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish boyicha missiyasi rahbari Ozbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakat YXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.Kayetana de Zulueta Ozbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida otayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini takidladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0