Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Jumanazar akani gayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj deb topdi

Ijtimoiy tarmoqda ozga sayyoraliklar bilan uchrashgani sabab mashhur bolib ketgan Jumanazar Rahmonovning Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi tomonidan tasdiqlangan kasallik tashxisi rasmi tarqaldi, debyozmoqda Sof.uz. Foto: Sof.uzEkspertlar komissiyasi xulosasiga kora, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof-muhitdan qoniqmaslik, ozining gallyusinator-fantastik vasvasa goyalari tasirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, ozining fikrlarida qatiy turishi, ayni vaqtdagi gallyusinator-fantastik kiritmalari, ozga olam, ozga sayyora haqidagi qatiy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990-yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi rekkurent shizofreniya, gallyusinator-fantastik vasvasa sindromi tashxisini tasdiqlaydi.Mavzuga doir:Jumanoidlar hujumi. Ozga sayyoraga borib kelgan Jumanazar aka ijtimoiy tarmoqlarda trend boldiShuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga kora, Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida gayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida.Eslatib otamiz, oktabr oyida ozga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bolgani haqidagi xabar ozbek internetini portlatgandi. Jumanazar aka nomalum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yollarini organib kelganini davo qilgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0