Salbiy axborotlar bolalar psixologiyasiga qanday tasir korsatadi?

Oyinlar, oyinchoqlar, multfilmlar, korsatuvlar, kiyimlar, oquv qurollari, uy anjomlari ozida axborot saqlovchi psixologik omillar bolib, kundalik hayotda har bir inson va ayniqsa, farzandlar duch kelayotgan real voqelik bilan chambarchas bogliqdir.Bugungi kunda, bola informatsion oqimlar tasirida osayotgan davrda ota-onalar, mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda keng jamoatchilik oldida muhim masala turibdi. YaniBiz bolalarga qanday kiyimlar xarid qilyapmiz?, Qaysi multfilmlarni tomosha qilyapti?, Qanday uy jihozlari, oqish qurollarini xarid qilib beryapmiz?. Bu kabi savollarga oz vaqtida javob olinmasa, keyinchalik: Farzandimiz nima uchun urishqoq, bemehr?,Farzandim ozgarib qolyapti..., Ilgari bunday emas edi-ku..., Galati harakatlar qilyapti... degan ikkilamchi fikrlar yuzaga kelishi mumkin.Quyida Oila markazi tomonidan olib borilayotgan Bolalarni ularning sogligi va axloqiga zarar yetkazuvchi malumotlardan himoya qilish nomli tadqiqotning xorijiy amaliyotni organish natijalarini sizga havola etamiz. Xulosa esa ozingizdan.Amerikalik psixologlarning takidlashicha, telekorsatuv va multfilmlarni ortiqcha korish bolada hadik va hayajonni yuzaga keltiradi. Bolani shaxs sifatida rivojlanishini, ayniqsa, mustaqil fikrlash qobiliyatini tormozlaydi. Bolalar eng tasirchan va himoyalanmagan tomoshabin bolib, agar ota-onalar 9 oylik bolani ozlari bilan boladigan jonli muloqotni televizor bilan boladigan muloqotga almashtirishsa, 20% bolada rivojlanish ortda qolar ekan. Agar telekorsatuvlarni korish shu tarzda davom etaversa, 3 yoshga yetganda rivojlanishda oz tengdoshlariga nisbatan 1 yilga ortda qolib ketar ekan. Bundan tashqari, 12 yoshga borganda bolalar televizor orqali 100 mingta zoravonlik va qotilliklar guvohiga aylanib qolar ekan. Shuningdek, psixologik kuzatuvlardan korinadiki, hozirgi davrda 4 yoshdagi bolalarning 25 %ida nutqida nuqsonlar kuzatilmoqda. Taqqoslash uchun ushbu faktga murojaat qilish orinli: 20-asrning 70-yillarida nutqida nuqson shu yoshdagi bolalarning faqatgina 4 %ida kuzatilgan ekan.Mashhur kanadalik psixolog A.Bandura ommaviy axborot vositalarini inson shaxsiga tasirini tadqiq etgan. Tajribada 3-7-yosh bolalar ishtirok etishgan, ularga katta odam tomonidan qogirchoqqa negativ munosabatni ifoda etilgan qisqa metrajli multfilmlar korsatilgan. Multfilmni korib bolgach, bolalarga 10-20 minut oynash imkoniyati berilgan. Eng etiborli tomoni shundaki, bolalarning aksariyat qismi aktyor tomonidan korsatilgan film lavhasidagi agressiyani takrorlashga harakat qilganligi kuzatildi. Chunki u korgan multfilmidagi qahramon obraziga ozini qoyib idrok etadi. Ozini multfilm qahramoni bilan taqqoslash va andoza olish orqali u yaxshi yoki yomon illatlarni oziga singdiradi. Uning fikriga kora, garb kinomahsulotlari tufayli juda kop bolalar johil, urushqoq, qahri qattiq bolib qolayotganligi va normal insoniy hislardan ancha yiroq bolib qolishlari korinar ekan. Ekranda bolani kuzatadigan bunday negativ vaziyatlari bola uchun goyoki nizoli vaziyatlarda qollashi zarur bolgan model bolib xizmat qilishi mumkin ekan.Amerika meditsina assotsiatsiyasi tomonidan otkazilgan tadqiqotlarda bola rivojlanishiga ommaviy axborot vositalarining tasiri organilgan. Tadqiqotchilar xulosasiga kora, telekorsatuvlar orqali bolalar 91% epizodlarida jinsiy munosabatlar shohidi bolishar ekan. Ularning takidlashicha, bunday korsatuvlarni korgach, bola virtual olam bilan real olam chegarasini bilmay qoladi. Bundan tashqari, yoshlarning 58 %i aktyorlarning xatti-harakatini takrorlashga, 37,5% osmirlari esa noorin axloqqa zid harakatlarni amalga oshirishga intilar ekan.Yuqorida keltirilgan xorij tajribasi malumotlaridan korinadiki, biz ham globallashuv jarayonida farzandlarimiz tarbiyasiga tasir etuvchi informatsion oqimlardan ogoh bolishimiz, bolalar uchun yaratiladigan barcha mahsulotlarni psixologik tasir quroli sifatida korishni yoddan chiqarmasligimiz kerak.Oila markazi matbuot xizmatiReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0