Andijonda 1 kgdan oshiq opiyni 6100 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Joriy yil 12-dekabr kuni IIV JQBB bilan Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorasuv shahrida giyohvand vositalarini o‘tkazish jinoyating oldi olindi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi. Foto: IIV Tergov departamenti25 yoshli A.K. umumiy og‘irligi 1 kilogramm 15 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasini 6100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan shu kunning o‘zida A.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov jarayonida A.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Giyohvandlik vositasi manbaini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0