Surxondaryo sobiq hokimi Moskvaga olib ketilgani haqidagi xabarga oydinlik kiritildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Bahodir Po‘latov sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Moskvada davolanib qaytgani haqida xabar berilgandi. “7News”ning yozishicha, sobiq hokim nashr muxbirlaridan biriga aloqaga chiqib, hozirda ahvoli yaxshi ekanligini bildirgan. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiTelefon orqali suhbatlashgan Bahodir Po‘latov oshqozonidagi muammo sababli rostdan juda og‘ir ahvolda qolgani va buning uchun Moskvaga borgani va u yerda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini ta’kidlagan.Lekin bu voqea avvalroq bo‘lganini hamda ayni paytda Toshkentda o‘z uyida oilasi davrasida ekani, ahvoli esa ancha yaxshi ekanligini bildirgan.“O‘z navbatida u tez kunlarda sog‘lig‘ini to‘la tiklab olishi haqida ham aytib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.Bahodir Po‘latov “Bolalar” guruhi solisti sifatida tanilgan. Katta siyosatda faoliyatini poytaxtning Yakkasaroy tuman prokuraturasida prokuror yordamchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Shayxontohur tumani prokurorligiga tayinlangan. Undan so‘ng Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida prokuror lavozimida ishlagan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0