MSK matbuot xizmatiga ikki oy ichida ikkinchi rahbar tayinlandi

Dilshodbek Nazirov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda MSK saytida ma’lum qilingan. Foto: MSK matbuot xizmatiDilshodbek Nazirov 1975-yilda tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli — Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi.2018-yil yanvaridan beri “O‘zbekiston 24” telekanali xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.Ma’lumot uchun, joriy yil oktabr oyida yana bir telejurnalist — Navro‘z Rizayev Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari etib tayinlangandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0