AKFA kompaniyalari guruhi bazalt tolasini ishlab chiqarish boyicha zavodni ishga tushiradi

AKFA Insulation brendi ostida bazalt tolasini ishlab chiqarish boyicha liniyani ishga tushirish 2020-yilga rejalashtirilgan.5-dekabr kuni AKFA Group va italiyalik STM Technologies S.r.l. kompaniyasining muzokaralari chogida bazalt tolasini ishlab chiqarish boyicha ishlab chiqarish-texnologik uskunasini yetkazib berishga shartnoma imzolandi.STM Technologies S.r.l. (Italiya) ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib berish, ekspluatatsiya qilishga tushirish va sozlash boyicha jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Beshta qitalarda uskunalarni ornatish boyicha 25 yillik tajriba va 100 dan ortiq loyihalarga ega bolgan holda STM texnologik tizimlari zamonaviy qurilish biznesida tobora koproq qollanilayotgan jahon tarmoq standartlari (EN, ASTM)ga muvofiq tayyor mahsulotni kafolatlaydi.Shu tufayliAKFA kompaniyalari guruhi ekologik xavfsizlikning qatiy talablariga muvofiq keluvchi yiliga 6 000 000 kv.m. bazalt tolasigacha quvvat bilan ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan liniyasining toliq siklini Ozbekistonda ishga tushirishini rejalashtirmoqda.Ishlab chiqarish maydoni sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining 24 000 kv.m. dan ortiq hududida joylashadi. Ishlab chiqarish jarayoniga bir qator xorijiy mamlakatlardan tajribali mutaxassislar jalb qilinadi, 150 dan ortiq yangi ish orinlari tashkil etiladi.Bazalt tolasi devorlar, tomlar, pol, poydevor, turar joy va ishlab chiqarish xonalari truba quvurlarining issiqlik izolyatsiyasi, shuningdek, binoning old qismlari, sanoat uskunasi va har qanday boshqa korinishdagi qurilish konstruksiyalariga sovuq otmaydigan qilish uchun zamonaviy va eng optimal yechimdir.Loyiha doirasida chiqariladigan bazalt tolasi yuqori korroziyaviylik va kimyoviy chidamlilikka ega. Bundan tashqari, bazalt past issiqlik otkazuvchanlilik, past haroratlarda yuqori bardoshlilik va kopga chidamlilik bilan farqlanib turadi. Ushbu tavsifnomalar uni yol va uy-joy qurilishi uchun deyarli yagona yaroqli materialga aylantiradi. Bazalt tolasining ekspluatatsiya qilish muddati 70 yilga yetadi.Yangi zavodning ishga tushirilishi, qurilishdagi kop yillik tajriba, yuqori samaradorlikdagi texnologik liniya, betakror xomashyo bazasi va qulay jugrofiy joylashuvi AKFA Insulationga qurilish industriyasi uchun nafaqat Ozbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham ishonchli yetkazib beruvchi va ishonchli hamkorga aylanish imkonini beradi.Eslatib otamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanida Olmazor business city ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishish chogida Ozbekiston Respublikasidagi qurilish materiallari bozoridagi vaziyatni mana bunday sharhlab bergan edi:Uylar sonini kopaytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini kopaytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur. Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0