Ozbekiston pochtasi qoziqorinlar tasvirlangan yangi markalar turkumini taqdim etdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Ozbekiston florasi. Qoziqorinlar turkumli yangi pochta markalari muomalaga kiritildi. Bu haqda Ozbekiston pochtasi AJ matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Ozbekiston pochtasi AJ matbuot xizmatiPochta markalarida Ozbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida osadigan qoziqorinlarning turlari tasvirlangan. Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bolib, kichik varaq korinishida chop etilgan. Qoziqorinlarning nomlari lotin tilida berilgan.Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qogozi oq silliq. Pochta markalarning olchami 52x37 mm. Kichik varaqning olchami 140x110 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rassom S.Farmonov, dizayner U.Sulaymonov.Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar ornatilgan: 1406. Morchella esculenta nominali 3200 som 1407. Pleurotus ostreatus nominali 3400 som 1408. Pleurotus eryngii nominali 3500 som 1409. Lepista saeva nominali 5800 som Eslatib otamiz, joriy yilning iyulidaOzbekiston pochtasi aksiyadorlik jamiyati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Ozbekiston nematlari turkumidagi yangi pochta markasi muomalaga chiqarilgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0