Toshkentda ilk marotaba asfaltga zarar yetkazilmasdan yer osti suv quvuri yotqizilmoqda (video)

Toshkent shahrida “Oqloq” mahallasi orqali yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarga toza ichimlik suvi quvuri asfalt yo‘lni buzmasdan tortilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Kadr: TelegramMazkur jarayon maxsus burg‘ulash mashinasi yordamida amalga oshirilgani sabab mahalla ahli va yo‘l qoplamasiga zarar yetkazmaydi. Belgilangan joydan ma’lum bir qiyalikda yer ostiga kirib ketayotgan moslama bir soatda 40 metrgacha bo‘lgan masofani kavlaydi. Shu orqali u qo‘l mehnati orqali bajariladigan ish hajmini o‘n barobarga qisqartiradi.Kerakli manzilga burg‘ulash yo‘li orqali yetib olgan mashina u yerdan orqaga qaytishda kommunikatsiya quvurini tortib kelib, uni o‘rnatib ketadi. Quvurning diametri 5—16 santimetrgacha bo‘lishi mumkin.“Ushbu uskuna avgust oyida O‘zbekistonga birinchi marta olib kelingan bo‘lib, 7 metr chuqurlikdan 200 metr uzunlikkacha quvurlarni torta oladi. Bugungi kunda Toshkent shahrida to‘rtta yirik obyektlarda ichimlik suvi va gaz quvurlarini olib o‘tkazdik. Keyingi yilda 16 kilometr uzunlikda yer osti quvurlarini o‘tkazish mo‘ljallangan”, — deydi qurilish kompaniyasi ish yurituvchisi Mirodil Mirshamilov.Ayni vaqtda Toshkent shahrida beshta shu turdagi texnika mavjud.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0