Dunyoning vijdoni. YuNISEF tashkiloti 73 yoshda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalarni himoya qilish jamgarmasi YuNISEF 1946-yil 11-dekabrda, BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan bolalarga, shu jumladan, Ikkinchi jahon urushidan aziyat chekkanlarga yordam berish maqsadida vaqtinchalik tashkilot sifatida tuzilgan edi. 1953-yildan boshlab ushbu jamgarma BMTda doimiy faoliyat korsatishni boshladi va faoliyat doirasini kengaytirdi. Daryo kolumnisti Nurbek Alimov ushbu tashkilot yubileyi munosabati bilan uning faoliyatiga toxtaladi.Tashkiliy tuzilma va moliya manbalariYuNISEFning asosiy faoliyati 192 mamlakat va hududlarda amalga oshiriladi. Uning 150 dan ortiq filiali, bosh qarorgohi va boshqa vakolatxonalari, shuningdek, 34 ta milliy qomita tarmogi bor. YuNISEF missiyasini qabul qiluvchi davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshiradi. Yetti mintaqaviy ofis esa turli mamlakatlardagi ofislarga kerak bolganda texnik yordam korsatadi. Foto: Google PhotosYuNISEF hukumatlar va homiylar hissasi asosida ishlaydi. Hukumatlar tashkilot ehtiyojlarining uchdan ikki qismini taminlasa, qolgan qismini milliy qomitalar orqali xususiy guruhlar va shaxslar beradi. YuNISEF daromadining taxminan 92 foizi dasturiy xizmatlarga ajratilgan. YuNISEF dasturlari bolalar salomatligi va farovonligini oshirishga qaratilgan xizmatlarni rivojlantirishga yonaltirilgan. YuNISEF 1965-yilda tinchlik boyicha Nobel mukofotiga, 1989-yilda Indira Gandi mukofotiga, 2006-yilda Asturias shahzodasi mukofotiga sazovor bolgan.YuNISEF taminot ofisi Kopengagenda joylashgan. Vaksinalar, OIVga chalingan bolalar va onalarga antiretrovirus dorilar, oziq-ovqat qoshimchalari, favqulodda holatlar uchun uylar qurish va oilalarni birlashtirish, oquv materiallari kabi muhim vositalarni tarqatishda asosiy orinni egallaydi. 36 kishilik ijroiya kengashi tashkilot siyosatini belgilaydi, dasturlarni tasdiqlaydi, mamuriy va moliyaviy rejalarni nazorat qiladi. Ijroiya kengashi BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan uch yillik muddatga saylanadigan hukumat vakillaridan iborat boladi.Tashkilotning vazifalariTashkilotning roli har bir hududda yashash sharoitlarini hisobga olgan holda tegishli mintaqaviy va milliy dasturlar yordamida bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning toliq va uygun rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.Vazifalariga quyidagilar kiradi:- ijtimoiy adolatni taminlash, har qanday bolaga, qaysi ijtimoiy guruhga mansubligidan qatiy nazar sifatli talim berish;- arzon tibbiy yordam va ovqatlanishni taminlash;- OIV bilan kasallangan bolalarga, osmirlarga va ayollarga tibbiy va huquqiy yordam korsatish;- JSST, Jahon banki, Vaksinatsiya va immunizatsiya boyicha global alyans (VIGA), davlat idoralari, fondlar, kasalxonalar, tadqiqot institutlari bilan birga YuNISEF missiyalarini amalga oshirish;- BMTning Bola huquqlari togrisidagi konvensiyasiga rioya qilish boyicha xabardorlik tadbirlarini otkazish;- sogliqni saqlash idoralariga milliy emlash rejalarini amalga oshirishda yordam berish;- rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksinalar va dori-darmonlarni etkazib berishni tashkil qilish, vaksinalarni mustaqil sotib olish tartibini nazorat qilish;- tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar yoki boshqa holatlar natijasida bolalar toliq rivojlanishi uchun zarur sharoitlarga ega bolmagan hududlarga gumanitar yordamlar ajratish.YuNISEF bolalarning soglom rivojlanishi, huquqlarini hurmat qilinishi va ularning salohiyatini ochib berish boyicha strategik rejalarni amalga oshirish uchun ixtisoslashgan tashkilotlar va hukumatlar bilan hamkorlik qiladi.YuNISEF nimalarga etibor qaratadi? Salomatlik va ovqatlanish YuNISEF rivojlanishning dastlabki bosqichlarida bolalarning toliq sogligiga hissa qoshadigan kokrak suti bilan boqishni targib qiladi. Muvozanatli ovqatlanish, yetarli tibbiy yordam haqida gamxorlik qiladi, arzon qoshimcha oziq-ovqat, boyitilgan qoshimchalarni tarqatishda yordam beradi. Bolalarni himoya qilish YuNISEF himoya qilishning uchta asosiy prinsipini qollab-quvvatlaydi:- ota-onalarning yoki bolalarga vasiylik qiluvchi javobgar shaxslarning gamxorligi;- bolaga nisbatan axloqiy meyorlar va qadriyatlarga rioya qilish, jamiyat tomonidan qollab-quvvatlanish;- yuridik va ijtimoiy xizmatlar korsatishni tartibga soluvchi qonunlar, huquqiy normalarning bajarilishi;Bolalarni ekspluatatsiya va zoravonlikdan himoya qilishga qaratilgan barcha dasturlar ushbu tamoyillarni hisobga oladi. Iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat - ijtimoiy taminotni takomillashtirish, kelajakda bolalarning tolaqonli rivojlanishiga tosqinlik qiluvchi qashshoqlikni kamaytirish boyicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi;- jins, ijtimoiy kelib chiqish, irqiy, geografik jihatdan kamsitishga qarshi kurash olib boradi;- ijtimoiy dasturlarni etarli miqdorda davlat tomonidan moliyalashtirilishini nazorat qiladi. Talim Har bir bola bepul orta talim olish huquqiga ega bolishi kerak. Ijtimoiy mavqeidan, jinsidan qatiy nazar, barcha bolalar uchun talim olish imkoniyatiga alohida etibor qaratadi. YuNISEF talim standartlarini oshirishga, talim dasturlariga sarmoyalarni kopaytirishga yordam beradi. Muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanish garovi sifatida bolalarga talim berish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beradi. OIV/OITS Yoshlarning kengroq auditoriyasini OIV profilaktikasi boyicha oquv dasturlariga jalb qilish. Yoshlarga OIV-infektsiyasidan, ayniqsa xavf ostida bolgan ospirinlardan himoya qilish imkoniyatiga ega bolishlari uchun malumotlardan bepul foydalanish, anonim maslahat, ixtiyoriy test, tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Bolalikning erta rivojlanishi YuNISEF bolalarni maktabgacha va maktab davrlariga tayyorlashda yordam beradi, yordamga muhtoj guruhlarga etibor beradi, shuningdek davlat organlari, manfaatdor tashkilotlar komagida bolalarni erta rivojlanish tamoyillarini mavjud talim standartlariga singdiradi. Dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqish Vazifalarini samarali bajarish uchun YuNISEF rejalashtirish, baholash, dalillarga asoslangan siyosatni qabul qilishga yordam beradigan jarayonlarni monitoring qilishni amalga oshiradi. Favqulodda vaziyatlar YuNISEF ozining mintaqaviy vakolatxonalari orqali bolalar tabiiy ofatlar yoki harbiy mojarolarga duchor bolgan mamlakatlarga gumanitar yordam korsatadi. Shuningdek, bu tabiiy ofatlar xavfi yuqori bolgan mamlakatlarning bolalarning farovonligiga tasir qiluvchi nostandart, favqulodda vaziyatlarga javob berishga tayyorligini oshiradi.Dunyo vijdoni1965-yilda BMT dunyo va xalqlar ortasidagi birodarlikni kuchaytirishdagi faol roli uchun tortinchi marta tinchlik boyicha Nobel mukofotiga sazovor boldi. Uni YuNISEF olgan. Ushbu mukofot fondning bolalar huquqlarini himoya qilishdagi muhim rolini etirof etish boldi. Dastlab ahamiyatsiz muammolar bilan shugullanadigan YuNISEF vaqtinchalik asosda favqulodda ehtiyojlarni qondirish va urushdan keyingi Yevropadagi koplab yordamga muhtoj bolalar duch kelgan inqirozli vaziyatni engish uchun tuzilgan bu tashkilot, hozirda dunyoning vijdoniga aylandi.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0