Stalin, Mussolini va Franko bolalari. Diktatorlar farzandlarining taqdiri qanday kechgan? (fotomaqola)

Taniqli insonlarning farzandlariga har doim ogir bolgan bunday oilada tugilish bir tomondan katta omad bolsa, boshqa tomondan olib qaralganda keyinchalik hayotni butunlay ozgartirib yuborishi mumkin bolgan hodisa. XX asrning eng qahri qattiq diktatorlari farzandlarining taqdiri qanday kechgani haqida hikoya qilamiz. Foto: Big PictureYakov Jugashvili, Iosif Stalinning ogliYekaterina Svanidze Iosif Stalinning birinchi xotini hisoblanadi va 1907-yilda u ogli tugilganidan olti oy otib, tif kasalligi tufayli vafot etgan. Yakov otasi bor bolishiga qaramay yetimdek ulgaygan. Stalin partiya ishlari boyicha safarlarda yurgan va ogliga faqat moddiy komak bergan. Bola tarbiyasi bilan uning onasi tomonidan qarindoshlari shugullangan. Yakov Jugashvili (ongda) Stalinni qoriqlash xizmati boshligi Nikolay Vlasik bilanFoto: Big PictureYakov 15 yoshga tolgach, otasi uni togli gruzin qishlogidan Moskvaga olib keladi. Poytaxtda yashash yigitga oson bolmaydi. Rus tilida deyarli gapirmaydigan odamning begona muhitga konikishi qiyin kechgan, ospirin hatto uyida ham ozini erkin his eta olmagan. Stalin ogli bilan juda sovuq ohangda gaplashar unga bolam deb murojaat qilmas, kichik xato uchun ham ayovsiz jazolardi. Ushbu yol bilan diktator oglining fel-atvorini shakllantirishga uringan bolishi mumkin.Bunday hayot tarzi Yakovni oz joniga qasd qilishigacha olib bordi. Yigit shifoxonaga tushib qoldi, otasi uning holidan umuman xabar olmadi. Ikkinchi xotiniga yozgan xatida esa Yashaga mening nomimdan u ozini bezori va shantajchilardek tutganini va men bundaylar bilan muloqot qilmasligimni aytib qoy, deya vaziyatga munosabat bildirgan. Keyinchalik ota-bola munosabatlari yana yaxshilanib ketgan. Foto: Big PictureIkkinchi jahon urushi davrida artilleriya akademiyasini tamomlagan Yakov ham frontga chaqirildi. Urushga ketish oldidan otasi bilan qongiroqlashgan yigit Stalindan qisqagina Bor va jang qil! degan gapni eshitgan. Oradan uch hafta otgach Yakov asirlikka tushadi. Nemislar uning ismini mafkuraviy hujumlar uchun ishlatardi. Stalin oglini asirga tushgan nemis zobitlariga almashitirishni istamadi, 1943-yilda Yakov Zaksenxauzendagi konslagerda halok boldi. U katta kuchlanishdagi elektr toki ulangan sim tosiqqa ozini tashlagan. Foto: Big PictureKarmen Franko, Fransisko Frankoning qiziFransisko Franko qizi Karmen dunyoga kelgan vaqtda juda xursand bolgan. Diktator qiziga butun Ispaniya xalqiga qilgani kabi qattiqqol munosabatda bolmagan. Franko qizni haqiqiy kibor xonim qilib ostirishga uringan. Harbiy ishlardan bosh vaqtini hamisha Karmen bilan otkazgan. Foto: Big PictureDiktator bir masalada haddan ziyod yumshoqlik qilgan. Garchi Franko qiziga ozi munosib er topishni istagan bolsa ham Karmen kardiojarroh Martines Bordyuni tanlaganidan uning qaroriga hurmat bilan munosabatda bolgan. Ikki yoshning toyi 1950-yilda juda chiroyli dabdaba bilan otkazilgan. Foto: Big PictureBir necha yil otgach,intervyularning birida Karmen garchi otasini qattiq yaxshi korgan bolsa ham uning diktator bolgani oziga yoqmaganini tan olgan. Ayol doimo qorquv iskanjasida yashagan. U otasining koplab dushmanlari bir kun emas bir kuni ozi va oilasiga qonli hujum uyushtirishidan xavotirlangan. Frankoning ozi ham qizini yashirib yurgan va Karmenni Gitler ogirlab ketishi mumkinligidan qorqqan.Edda Mussolini, Benito Mussolinining qiziBenito Mussolinining qizi yahudiy yigitga turmushga chiqqan vaqtida otasining fotihasini olmagan. Keyinchalik 1930-yilda ota-onasining qistovi bilan Mussolining ittifoqdoshi graf Galeatsso Chianoga erga teggan. Foto: Big Picture14 yil oila bolib birga yashagan juftlik bu vaqt davomida tort nafar farzandning ota-onasi bolgan. Ular bir-birini qattiq sevgan, Chiano Mussolini tomonidan fashistlar hukumatiga qarshi chiqqani uchun otishga hukm qilingan. Edda otasiga qanchalik yalinib yolvormasin, Mussolini oz kuyovining qatl qilinishini Gitler bilan birga sovuqqon nigoh ostida kuzatgan. Ushbu fojiadan tasirlangan Edda ota-onasidan qochib Shveysariyada qonim topgan. Qizaloq Edda Mussolini otasi bilanFoto: Big PictureUrush poyoniga yetgach, vatan soginchi Eddani Italiyaga qaytardi. Mamlakatga qaytganidan keyin ayol fashistlar hukumati bilan til biriktirganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Edda barini inkor qildi, lekin baribir ikki yil surgunda yashadi. Hayotining qolgan qismini oz tomirlarida oqayotgan diktator qoni haqida iloji boricha kamroq gapirib otkazgan. Foto: Big PictureJan Mari Lore, Gitlerning nikohsiz tugilgan ogli Foto: Big PictureGitler va uning rafiqasi Yeva Braunning bolalari bolmagan. Biroq Adolf oddiy askar bolgan vaqtida Birinchi jahon urushi yillari fransiyalik bir ayol bilan uchrashib yurgani haqida taxminlar mavjud. Keyinchalik fransuz ayoli Jan Mari ismli bolakayni dunyoga keltirgan.Ikkinchi jahon urushi yillarida Jan Mari fashistlar Germaniyasiga qarshi ayovsiz jang qilgan va vahshiy diktator emas, oz otasiga qarshi kurashayotganini bilmagan. Ushbu sirni onasi olimi oldidan oshkor etadi. Aynan shu daqiqadan Jan Marining hayoti ostin-ustin bolib ketdi. U mudhish haqiqatni unutish uchun bor etibori va vaqtini ishga sarfladi. Haqiqatdan voqif bolgan Jan Marining xotini ham u bilan ajrashdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0