Rossiyadagi parrandachilik fabrikasida ishlayotgan ozbekistonliklar ish tashlash elon qildi

Rossiyaning Yaroslav viloyatida joylashgan Yaroslav broyler parrandachilik fabrikasi ishchilari maoshlar kamligi va mehnat sharoitining yomonligi sabab ish tashlash elon qilib, fabrikadan ketib qoldi, deb xabar beradi 76.ru. Foto: 76.ruKechadan oldingi kuni oylik berildi, biroq bu ularni qoniqtirmadi. Ularning aytishicha, bu odatdagidan kam ekan. Boshliqning oldiga kelishdi va yoqmasa, ketaveringlar degan javobni olishdi, deydi fabrika xodimlaridan biri.Ishchilar boshliqning aytganini qilib, fabrikadan keta boshlagan. Malumotlarga kora, ishchilar ozlari uchun ikkita avtobus buyurtma qilib, jonab qolishgan. Ishlab chiqarish toxtab qolmasligi uchun dam olayotgan ishchilar yordamga chaqirilgan, hatto rahbariyat ham oddiy ishchilar kabi mehnat qila boshlagan.Bu kabi rejimda ishlash hech kimga yoqmagani sabab zavod ishchilarni qaytarishga uringan va ularning ortidan quvgan.Soat 07:30 larga yaqin YXHB xodimlari ichida ozbekistonlik muhojirlar bolgan, Yaroslav tomon harakatlanayotgan avtobusni toxtatishgan. Xodimlar avtobus va yolovchilarning hujjatlaridan hech qanday kamchilik topmagan, deydi Yaroslav viloyati IIBB xodimi.Inspektorlar Ozbekiston fuqarolarini qoyib yuborgan. Biroq fabrika rahbariyati ishchilarni qaytarishga muvaffaq bolgan. Rahbariyat bunga qanday qilib erishgani nomalum.Gap-sozlarga kora, ularga yetmayotgan pullari tolangan va oylik borasida boshqa aldamaslikka vada berishgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0