Ozbekistonda 2020-yildan dorixonalarga litsenziya beruvchi vakolatli organ ozgaradi

Prezidentning 2019-yil 9-dekabrdagi Byurokratik tosiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida sogliqni saqlash tizimi bilan bogliq qoidalar ham orin olgan. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev xabar bermoqda. Foto: Sogliqni saqlash vazirligiHujjatga kora, 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bolinmalariga berilmoqda. Jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligiga otkazilmoqda.Shuningdek, mazkur qarorda 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilinishi, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yol qoyilmasligi ham belgilangan. 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bolinmalari ortasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron korinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.Malumot uchun, Prezidentning 2019-yil 6-sentabrda qabul qilingan Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish togrisidagi qarori bilan dori vositalari noqonuniy savdosining oldini olish, shifokor retsepti boyicha beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar royxatiga kiritilgan dori vositalarining chakana savdosini tartibga solish, dorixonalarning faoliyatini yanada takomillashtirish boyicha qator muhim vazifalar belgilangan edi. Xususan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallaridan tashqari barcha dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida videoyozuvlarni saqlash tartibi joriy etilishi kozda tutilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0