Yandeks.Xaritalarda Ozbekiston shaharlarining panoramali suratlari paydo boldi

Yandeks. Xaritalarda Ozbekiston shaharlarining suratlari taqdim etildi. Foto: Yandeks matbuot xizmatiOzbekistonga kuz faslida panoram mobil tomida maxsus foto uskunasi bolgan mashina kelgan edi. U Toshkent, Buxoro, Nukus, Samarqand, Xiva va Shahrisabz kochalarini suratga oldi, shuningdek, Qoraqalpogiston boylab sayohat qildi: Ustyurt platosi, Orol dengizi ornidagi sahro va Amudaryo sohilidagi qadimiy aholi yashash manzillarini tasvirga oldi.Endilikda manzaralarni Yandeks.Xaritalarda korish mumkin foydalanuvchilar ushbu hududlarga virtual sayohat qilishi mumkin. Foto: Yandeks matbuot xizmatiPanoramalar mahalliy aholiga notanish hududga sayohatni rejalashtirishda, sayyohlarga esa sayohatga yanada yaxshiroq tayyorgarlik korishga yordam beradi. Suratlar yordamida transportning qiyin otish joylaridagi harakatlanishni tushunish, joylarni belgilash va diqqatga sazovor joylarning qanday korinishini oldindan bilib olish mumkin. Masalan, Samarqanddagi Gori-Amir maqbarasi, Buxorodagi Ark qalasi yoki qadimiy Xivadagi karvonsaroylarni. Foto: Yandeks matbuot xizmatiBiz panoramalarni oktabr oyining ortalaridan noyabr oyining boshlariga qadar suratga oldik: ushbu vaqtda jazirama issiq ham bolmaydi, yoruglik ham kuzga xos, yani unchalik otkir emasdi. Suratga olish jarayoniga oldindan jiddiy tayyorgarlik korilgan. Ozbekiston qadimiy obidalar va betakror tabiiy landshaftlarga boydir va biz panoramalarda iloji boricha koproq diqqatga sazovor joylarni qamrab olinishini xohlardik. Marshrutni tuzish va sayohatni tashkillashtirishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi yordam berishdi. Suratga olishda korsatgan yordamlari uchun ulardan minnatdormiz, deydi Yandeksning Ozbekiston boyicha mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov. Foto: Yandeks matbuot xizmatiTurizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov Yandeksning ushbu loyihasi haqida quyidagicha fikr bildiradi:Yandeks.Xaritalar Ozbekiston shaharlarining kocha panoramalarini qoshgan eng yirik geografik axborot xizmatlaridan biri.Suratlarda mamlakatning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, UNESCOning Jahon merosi royxatidagi obyektlarni korishingiz mumkin: Ichanqala, Shahrisabzning tarixiy markazi va boshqalar. Dunyoning istalgan burchagidan korinadigan panoramalar, Ozbekistonga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun katta yordam beradi.Yandeks suratga olish guruhi Ozbekistonga safari davomida deyarli 295 ming fotosurat oldi, ulardan 73 mingdan ortiq yumaloq panoramalar hosil boldi. Suratga olishning umumiy masofasi ikki ming kilometrdan oshadi. Avtomobilda harakatlanishning iloji bolmagan joylarda operatorlar kamerani shtativga ornatib, piyoda yurdi. Foto: Yandeks matbuot xizmatiShu tarzda Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanat muzeyi va Toshkent shahridagi yangi Tashkent City bogi suratga olindi.Yandeks.Xaritalarda hammasi bolib Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogiston, Ozbekiston, Ukraina va Turkiyaning tort milliondan ortiq panoramalari nashr qilingan. Bu ham shaharlar, ham tabiatning diqqatga sazovor joylari: Baykal koli, Kareliya sharsharalari, Kavkaz toglari, Arktika orollari va hatto sayyoraning eng baland choqqisi Everest kabi.Panoramalarni yandex.ru/maps va Yandeks.Xaritalar ilovasida korish mumkin. Sayt egalari Maps APIdan foydalanib, har qanday panoramani oz manbalariga joylashtirishlari mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0