Turkmanistonning Lebob viloyatida Yangi yil bayrami uchun budjet va davlat korxonalari xodimlaridan pul yigilmoqda

Turkmanistonning Lebob viloyatida Yangi yil bayrami ikki kun 30 va 31-dekabr kunlari nishonlanadi. Tantanalarga tayyorgarlik korish maqsadida budjet va davlat tashkilotlari xodimlarining noyabrdagi maoshidan 30 manatdan ushlab qolinmoqda. Bu haqda Xronika Turkmenistana xabar berdi. Foto: Xronika TurkmenistanaIshchilarning pullari Turkmanoboddagi tortta archani bezatish va boshqa bezaklar uchun ishlatiladi.Korxonalar ishchilar maoshini banklarga oyning 16 va 17-sanalarida otkazadi. Banklar belgilangan mablagni individual hisob raqamlaridan yechib oladi.Tashkilotlar rahbarlari xodimlarning tolovdan bosh tortishi davlat tadbirida qatnashishni inkor qilish deb baholashini bildirgan. Pul berishni istamaganlar ariza yozib ishdan boshashi tavsiya qilingan.Lebobdagi asosiy katta archa viloyat hokimligi binosi roparasidagi Ruhiyat saroyi yaqinida ornatiladi. 31-dekabr kuni soat 18:00 dan Yangi yil kirib kelguniga qadar rasmiy tabriklar yollanadi. Ushbu marosimga har bir korxona yoki tashkilot muayyan guruhdagi xodimlarni yuborishi lozim.Yana bir katta archa Sayidiy nomidagi drama teatri hovlisiga ornatiladi. U yerdagi bayramlar 30-dekabrda soat 17:00 dan 22:00 gacha davom etadi. Tantanalarga budjet tashkilotlari xodimlari, talabalar va yuqori sinf oquvchilari jalb qilinadi.Ushbu bayramlarda ishtirok etadigan ayollar qizil yoki moviy rangdagi milliy libosda bolishi lozim.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0