Hafta ijtimoiy muammolari: Koraylikchi, qaysi viloyatniki uzun, kimniki baland?

Daryo kolumnisti Sarvar usta ananaviy ruknda otgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga toxtalib otadi.Bayroq mamlakat ramzi. Ozi bir parcha boyalgan mato, ammo u bor ekanki, bir katta mamlakat va xalqi mavjudligini his etamiz. Aniqrogi, shu mato shakl bolsa, uning ostidagi katta bir davlat mazmundir. Foto: OzAAlbatta, jahonshumul marosimlarda bayrogi kotarilishi fuqaro konglida iftixor uygotadi. Chunki uning ortida oz xalqi, qondoshlari turganini his etadi. Shakldan murod mazmundir. Mazmun zor, ammo shakl soddaroq bolsa ham korganlar o-o deydi. Amerika bayrogini eslang. Mazmun mundayroq bolsa, shaklni qancha bejamang, o-o, demaydi, e-e, deydi.Dunyodagi eng baland bayroqlar qayerda? Tojikistonda, Turkmanistonda, Ozarbayjonda, Iordaniyada, Meksikada va osha siz istehzo bilan eslaydigan Shimoliy Koreyada. Aslida-ku, mamlakatning iqtisodiyotini kotarish, erkin jamiyat qurish, ilm-fanni rivojlantirish davlatning bosh vazifasi. Ammo buning imkoni topilmagach, gururlanishga boshqa narsa topish kerak-ku axir. Bayroq ornatamiz, eng balandga ornatamiz, dushmanlarimiz alamidan kuyib olsin! Korib qoying, Ovropo-yu Amerika. Birortangizda bunaqa uzun bayroq yoq.Nima boldi-yu, bu odat bizning viloyatlarga yuqdi. Shu yili mustaqillik arafasida Andijonda 850 million somga 64 metrli bayroq ornatilgandi. Bu bilan andijonliklar 60 metrli bayrogi bor buxoroliklarga korsatib qoyishmoqchi bolgan, chamasi. Ammo buxoroliklar ham, andijonliklar ham Toshkentning 65 metrli bayrogi hurmatini saqlab, undan oshirmagandi. Fargonaliklar shart kesib qoya qoldi. Konstitutsiya bayrami arafasi Fargonada 67 metr balandlikdagi bayroq ornatildi. Olchami yigirmaga on! Bayroq bolsa shunday bolsin-da. Xosh, vatandoshlar, qalaysiz endi? Eng uzuni Fargonada.Hozircha fargonaliklar bayroqlari uzunligidan iftixor tuyapti. 30 metrli bayrogi bor kamtar Namangan, 35 metrli bayrogi bor kamsuqum Samarqand bir chetda sigaret tutatib turibdi. Ammo sigaretni bir chertib, yengini shimarib. ketmon bilan ulkan bayroqning poydevorini kavlashga tushib ketishlari mumkinmi? Mumkin. Hash-pash deguncha qurib bitkazishadiyam. 800900 million, boringki, maydalashib otiramizmi, 1 milliard som nima bopti? Ularning izidan boshqa viloyatlar samolarni kozlab bayroq tikadi. Xosh, kimniki uzunroq? Oshanda olchashamiz.Sarvar ustaAvvalgi hafta ijtimoiy muammolari:Mening ogrigina zavodimQoshni davlatdan gaz import qilaylikAbdulloh_qayerda_edi?Uyqu markazidan ovqat markazigachaSartaroshxona siyosiy suhbatlariNanomaterialdan ketmon yasab...Ganiyev gildirakni gizillatib gildiratdiYubka kiying erkaklar, salla orang yigitlarShirin qovunlar mamlakati-2: Hojatxona sammiti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0