Toshkent shahar IIBB xodimlari tilanchilik qilayotgan ayollarga yordam korsatdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari bekatda tunab yurgan 47 yoshli Gulbahor opaga (ismlar ozgartirilgan) va tilanchilik bilan shugullanayotgan boshqa ayollarga komak berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bergan. Foto: Toshkent shahar IIBBIssiq choy bahonasida samarqandlik ayol bilan qilingan suhbat davomida uning Toshkentga uy-joy masalasini hal etish uchun kelgani, ammo poytaxtda yashovchi qarindoshlari yoq bolgani tufayli bekatda tunashga majbur bolgani oydinlashdi. Xodimlar Samarqand viloyati IIBdagi hamkasblariga bu haqda malum qilib, holatni organish maqsadida hujjatlar nusxalarini yuborgan.Xotin-qizlar masalalari boyicha profilaktika inspektorlari Chilonzor tumanidagi buyum bozorida tilanchilik qilayotgan 57 yoshli Mahbuba ismli ayolga ham yordam korsatdi. Turmush ortogi vafotidan keyin farzandlari kochaga haydagan, ayol ogli ham olamdan otganini bildirdi,u haqidagi malumotlar Samarqand viloyati IIBga yuborilib, uning ozi muayyan yashash joyiga ega bolmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirildi.Mavzuga doir: Toshkent shahar IIBB ogir ahvolda qolgan keksa ayolga yordam korsatdi (foto+video) Toshkentda ikki kun davomida 52 nafar boshpanasiz shaxs Reabilitatsiya markaziga olib kelindi 40 yoshli Manzura va uning 10 yoshli voyaga yetmagan qizi bilan Yuqorichirchiqdan kelib tilanchilik qilayotgani, oilasi ogir ahvolda ekani, turmush ortogi nogironligi, ikki farzandi bilan oilasini boqish maqsadida shu yolga kirganini hikoya qilgan. Uning sharoitini organish boyicha Toshkent viloyati IIBBga tegishli hujjatlar yonaltirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0