Navoiyda tanishini pichoqlagan erkak 8 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Joriy yilning 5-dekabr kuni soat 13:00 da Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi 45 yoshli L.A. ismli ayolning uyida tanishlari 47 yoshli D.K. hamda 46 yoshli U.Q. mastlik oqibatida mushtlashib ketgan. D.K. mast holda sherigining ko‘krak qismiga pichoq bilan zarba berib unga jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilgan. Foto: “Daryo”Mavzuga doir:  Andijonda ikki do‘stning o‘zaro janjali ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi Bekobodda uch o‘smir tamaddixonadagi ikki kishini pichoqladi Jinoyat oqibatida jarohat olgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Gumonlanuvchi esa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.Mavzuga doir:  Oqqo‘rg‘onda mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o‘ldirdi Termizda 11-sinf o‘quvchisi mast holda 25 yoshli yigitni pichoqladi Qo‘shrabotda erining jazmaniga yetti marta pichoq urgan ayolga sud hukmi o‘qildi Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi “Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” bilan joniyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchining aybdorligi isbotlansa, u 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0