Samarqandlik yigit Odnoklassnikida tanishgan qizini sharmanda qilish bilan qorqitib, undan pul talab qildi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmogida bir qiz bilan tanishib, u bilan uchrashib yurgan va keyinchalik qizni sharmanda qilish bilan qorqitib, undan 1700 dollar talab qilgan yigit qolga olindi. Bu haqda Ozbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Foto: IIV huzuridagi Tergov departamentiXabar berilishicha, 8-dekabr, yakshanba kuni 25 yoshli Oydinoy (ismi ozgartirilgan) Samarqand viloyati Pastdargom tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga kora, qiz 2019-yil avgust oyida Odnoklassniki ijtimoiy tarmogida 21 yoshli R.A. ismli shaxs bilan tanishib, u bilan uchrashib yurgan.Malum qilinishicha, R.A. qizni sharmanda qiluvchi malumotlarni tarqatib yuborish bilan qorqitib, 1700 dollar miqdorida pul talab qilgan.2019-yil 8-dekabr kuni soat 18:00 da Pastdargom tumani IIB xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. soralgan pullarning bir qismi, yani 600 dollarni olayotganida ushlangan.Mazkur holat yuzasidan Pastdargom tumani IIB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qozgatilgan bolib, dastlabki tergov jarayonida R.A.ga ayblov elon qilinib, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qollanilgan. Hozirda jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0