Samarqandlik ayolga Toshkentdan uy olib berishni vada qilgan 2 erkak uni 50 mln somga chuv tushirdi

Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar erkak firibgarlik yoli bilan samarqandlik ayolning 50 million somini qolga kiritdi. Bu haqda Ozbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Foto: DaryoMalum qilinishicha, joriy yilning 1-avgust kuni Yunusobod tumanida yashovchi 1952-yilda tugilgan fuqaro T.R. va uning jiyani, 1979-yilda tugilgan fuqaro U.R. Samarqand viloyatida yashovchi 1950-yilda tugilgan S.O. ismli ayolga Yunusobod tumanida qurilayotgan yangi turar-joy kompleksidan uy olib berishni vada qilgan. Ikki erkak ayoldan 50 million som pul olgan va shu kunga qadar bergan vadalarini bajarmasdan, pullarni oz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.Firibgarlikda gumonlanuvchi fuqarolar T.R va U.R. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0