Toshkentda bir guruh shaxslar aksiyalar, uy va mashina olishda yordam berishni va’da qilib 2 kishini 82 ming dollarga chuv tushirdi

Aldov yo‘li bilan fuqarolarning 82 ming dollar va 6,5 million so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Yu.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, 2 nafar fuqarolarni aldab, “B.B.” MCHJga tegishli aksiyalarni olib berish evaziga 50 ming dollar, Yashnobod tumanidan uy-joy sotib olib berish uchun 27 ming dollar va 6,5 million so‘mni hamda Lacetti avtomashinasi olib berish uchun yana 5 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan Yu.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0