Qashqadaryoda muqaddam sudlangan firibgar yana 7 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari boyicha Qarshi shahar sudi tomonidan 27 yoshli R.U.ga firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun hukm oqildi. Bu haqda Ozbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Foto: IIV huzuridagi Tergov departamentiMalum qilinishicha, R.U. muqaddam bir necha marta sudlangan bolsa-da, axloq tuzatish ishlari jazosini oxirigacha otab ulgurmasdan, firibgarlik qilgan. U 2019-yilning yanvar oyida tanishi I.B.ga Qarshi shahrida joylashgan novvoyxonaning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga yordam berishini aytib, buning uchun 2 million som davlat boji tolashi kerakligini malum qilgan. R.U. fuqaro I.B.dan 2 million som pul mablaglarini firibgarlik yoli bilan qolga kiritgan.Bundan tashqari, u ozining jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2019-yilning fevral oyida I.B.ga yer uchastkasi borligini, 15 million som evaziga ushbu yer uchastkasini sotishini aytib, uni aldagan. R.U. uni ishontirib, 15 million som pul mablaglarini firibgarlik yoli bilan qolga kiritgan.Mazkur holat yuzasidan, R.U.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi b bandi (xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan ayblov elon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.Sud oz navbatida R.U.ni yuqorida korsatilgan firibgarlik jinoyati boyicha aybdor deb topib, uning otalmay qolgan jazosini inobatga olib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0