MAGATE Ozbekistonda amalga oshiriladigan 4 ta milliy loyihani maqulladi

Atom energiyasi boyicha xalqaro agentlik 6-dekabr, juma kuni texnik hamkorlik dasturi doirasida Ozbekistonda 20202021-yillarda amalga oshiriladigan 4 ta milliy loyihani maqulladi. Bu haqda Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi malum qildi.Xabar berilishicha, umumiy qiymati bir million yevrodan ortiq bolgan mazkur loyihalar texnik salohiyat va inson resurslarini kengaytirish, yadro infratuzilmasini rivojlantirish, Ozbekistonda yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish uchun obyektlarning yadroviy va radiatsion xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.Ozbekiston tomonidan loyihalar ijrochilari Ozatom agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi, Yadro fizikasi instituti, Ozbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda Toshkent shahar onkologiya markazi hisoblanadi.Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning texnik hamkorlik dasturi Ozbekistonda yadro-fizika uskunalaridan foydalanishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni mustahkamlash, tibbiyotda va xalq xojaligining boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, shuningdek, yadro bilimlarini tarqatishni nazarda tutadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0