Toshkentdagi mehmonxonalarning to‘lish darajasi 85 foizni tashkil qiladi

Toshkent shahrida 2019-yilning 30-noyabr holatiga 189 ta mehmonxona va 88 ta xostel faoliyat yuritmoqda. Mazkur muassasalarda jami 17 429 kishini qabul qila oladigan sakkiz mingta xona mavjud. Shuningdek, shaharda 50 ta oilaviy mehmon uyi ham faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Turizmni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Izzatbek Jo‘rayevga tayanib, Uz24 xabar berdi. Foto: Uz24Ma’lum qilinishicha, Toshkentdagi mehmonxonalar va shu kabi muassasalarning to‘lish darajasi 85 foizni tashkil qiladi. 2019-yilning o‘zida 34 ta mehmonxona va 50 ta xostel qurilgan.Toshkentda turizmni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, 2021-yilning oxiriga borib shaharda 30 000 kishini qabul qiladigan 13 500 ta xonaga ega taxminan 500 ta mehmonxona faoliyat olib boradi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0