Buxoroda Milliy gvardiya xodimi ziyoratchiga tibbiy yordam korsatib, uning hayotini saqlab qoldi (video)

Buxoro viloyati Gijduvon tumanida Milliy gvardiya xodimi ziyoratga kelib, tobi qochgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam korsatdi va uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Milliy gvardiya tomonidan xabar berildi.Malum qilinishicha, Buxoro viloyati Gijduvon tumanida joylashgan Abduxoliq Gijduvoniy ziyoratgohi hududida oz xizmat vazifasini otayotgan Milliy gvardiya Qoriqlash xizmati xodimi O.Zikrillayev ziyoratga tashrif buyurgan fuqarolardan biri hushidan ketib yiqilganini korib qolgan. Shundan song, u oz sherigiga tez yordamga xabar berishni tayinlab, zudlik bilan ushbu fuqaroga birinchi tibbiy yordam korsatishga kirishgan.Milliy gvardiya xodimining yordamida hushiga keltirilgan ziyoratchi tez tibbiy yordam yetib kelguniga qadar kuzatuvda bolib, sogligi yaxshilanganiga ishonch hosil qilingandan song kuzatib qoyilgan.Tibbiy yordam korsatilishi vaqtida ushbu fuqaro Buxoro viloyati Gijduvon tumanida istiqomat qiluvchi I.D. ekanligi aniqlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0