Shavkat Mirziyoyev Nagoya shahri merini qabul qildi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr, payshanba kuni Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takasi Kavamurani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiMalum qilinishicha, davlat rahbari Ozbekiston va Yaponiya ortasidagi dostlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdi. Uchrashuv Ozbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida otayotgani takidlandi. Foto: Prezident matbuot xizmatiQayd etilishicha, Nagoya shahri Yaponiyaning eng yirik sanoat va ilmiy markazlaridan biri bolib, u bilan hamkorlik turli ozaro manfaatli dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun keng istiqbollarni ochadi.Talim va kadrlar tayyorlash sohasidagi sheriklik, jumladan, 2010-yilda Toshkentda ochilgan Nagoya universiteti vakolatxonasi komagida rivojlanib borayotgani yuksak baholandi. Foto: Prezident matbuot xizmatiUchrashuvda avtomobilsozlik, shaharsozlik, toqimachilik, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm va boshqa yonalishlarda yaqin ishbilarmonlik aloqalarini yolga qoyish imkoniyatlari muhokama qilindi.Toshkent va Nagoya shaharlari ortasida imzolanishi kutilayotgan hamkorlik togrisidagi bitim, shuningdek, Toshkentda Yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uzoq muddatli va ozaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi takidlandi.Nagoya Ozbekiston va Yaponiya ortasidagi hamkorlik uchun koprik bolishiga ishonch bildirildi.Istiqbolli dastur va loyihalarni amalga oshirishni ilgari surish maqsadida yol xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0