Istanbulda Ozbekiston, AQSh va Afgoniston delegatsiya rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bolib otdi

9-dekabr, dushanba kuni Istanbul shahrida otkazilgan Osiyo yuragi Istanbul jarayoni forumining sakkizinchi vazirlar konferensiyasi doirasida Ozbekiston, AQSh va Afgoniston delegatsiyalari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bolib otdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati. Foto: TIV matbuot xizmatiUchrashuvda Ozbekiston Prezidentining Afgoniston boyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boyicha yordamchisi Ellis Uells va Afgoniston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Idris Zaman boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.Uch tomonlama uchrashuv chogida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgoniston ortasidagi savdoni kengaytirish, Afgonistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga komaklashish, shuningdek, ushbu davlatni mintaqaviy integratsion jarayonlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.Afgoniston hukumati va xalqaro hamjamiyatga tinch siyosiy jarayonni ilgari surish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash va Afgonistonning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyalashuviga komaklashish boyicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning say-harakatini AQSh va Afgoniston tomonlari yuqori baholadi.OzbekistonAfgoniston munosabatlarini yanada chuqurlashtirish boyicha hamkorlik yollarini muhokama qilish, shuningdek, ushbu hamkorlik jarayonida muayyan loyihalarni moddiy-texnik ragbatlantirish imkoniyatlarini korib chiqish uchun ushbu uch tomonlama maslahatlashuvlarda doimiy tus berishga kelishib olindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0