Shavkat Mirziyoyev 31 ta loyihani qoloq, 8 ta hududiy loyihani samarasiz deb topdi

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining joriy yilda kutilayotgan natijalarini korib chiqish va 2020-yilda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taminlash vazifalarini belgilashga bagishlangan yigilish otkazdi. Bu xaqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiTadbirda yil yakunigacha qolgan qisqa vaqtda amalga oshirilishi zarur bolgan chora-tadbirlar muhokama etilgan. Xususan, tarmoq korxonalarida mavjud zaxiralarni safarbar qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, neft-gaz, elektr energetikasi, kimyo sanoati va boshqa yirik korxonalarning soliq qarzdorligini bartaraf etish boyicha vazifalar belgilangan.Shuningdek, investitsiyalarni ozlashtirish holati ham tahlil qilingan. Prezident 31 ta loyiha boyicha qoloqlikka yol qoyilgani, 8 ta hududiy loyiha samarasiz deb topilganini korsatib otgan.Yigilishda iqtisodiyotda 2020-yil uchun belgilangan asosiy rejalarni taminlash masalasiga alohida etibor qaratilgan. Kelgusi yilda yalpi ichki mahsulot 5,5 foizga, sanoat 6,5, qishloq xojaligi 4 va xizmatlar 5,7 foizga osishi prognoz qilingan. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankka ushbu korsatkichlarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bolgan xavf-xatarlarni hozirdan togri baholab, barcha idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish yuzasidan topshiriqlar berilgan.Yigilishda jahonda roy berayotgan turli iqtisodiy ziddiyatlar tasiriga etibor qaratilib, kelgusi yil murakkab va sinov yili bolishi takidlangan.Ichki bozorni istemol tovarlari bilan toldirish masalasi ham atroflicha muhokama qilingan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining asossiz osib ketishining oldini olish, buning uchun mahsulot yetishtirilishidan qayta ishlanib, bozorda sotilguncha bolgan jarayonni toliq qamrab olgan holda nazorat qilish boyicha masullar belgilangan.Rejalashtirilgan 201 ta muhim investitsiya loyihasini oz vaqtida ishga tushirish, shuningdek, 2020-2022-yillar uchun moljallangan Investitsiya dasturi loyihasini ishlab chiqish vazifasi qoyilgan.Hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish orqali kelgusi yili 400 mingga yaqin ish orni yaratilishi kozda tutilgan. Prezident mutasaddilarga shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etib, belgilangan rejalarni sifatli bajarish boyicha topshiriqlar bergan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0