Adolat SDP: Jazo otayotgan shaxslar taqib qiluvchi organlar qolida bolmasligi lozim

Biz sud tizimini kompleks rivojlantirish, sudlarning mavqeyini oshirish, sudyalarning daxlsizligini taminlash adolatli jamiyat qurishning muhim sharti, deb hisoblaymiz.Biz insonlar sarson bolishining oldini olish va sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi Sudlar togrisidagi qonunni takomillashtirish orqali fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va mamuriy ishlar boyicha tuman, shahar va viloyat sudlari negizida umumiy yurisdiksiya sudlari tashkil qilishni, ularga xalq sudlari maqomi berishni, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga nazorat instansiyasi vakolatini yuklash taklifini beramiz.Malumki, inson huquqlarini taminlash va uni munosib himoya qilishda advokatura institutining orni va roli beqiyos. Shu bois biz advokatlarning maqomini yanada kotarish, ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, har bir advokat malakali huquqiy xizmat korsatishi uchun zarur choralarni korishi, bu boradagi amaldagi qonunlar ijrosi yuzasidan kuchli va samarali nazorat ornatish, sud jarayonida advokatura va prokuratura huquqlari tenglik prinsipini taminlash uchun kurashamiz.Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud qarorlarini ijro qilish vakolati prokuratura va ichki ishlar organlariga berilgan bolib, bu holat xalqaro talablarga javob bermaydi. Qolaversa, jazo otayotgan shaxslar taqib qiluvchi organlar qolida bolmasligi lozim. Shu munosabat bilan biz barcha ijro bilan bogliq vakolatlarni va jazoni ijro etish muassasalarini surishtiruv hamda tergov vakolatiga ega bolmagan, xolis organ adliya idoralari boshqaruviga berishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz. Shunda surishtiruv va tergovdan noroziliklar barham topadi, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning, qiynoq va tayziqlarning oldi olinadi, ijro jarayonida inson huquqlari taminlanadi.Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik oldida hisobot berib borish tartibini qollab-quvvatlaymiz va uning shaffofligini yanada oshirish choralarini koramiz.Bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, IIV va DXX tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastlabki tergov organlarining tarqoqligi natijasida inson huquqlarining buzilishi holatlari yuz berayotganligi saylovchilarning haqli etirozlariga sabab bolmoqda. Bosh prokuratura va uning quyi organlarining tergov jarayoni ustidan nazorat funksiyasi tobora pasayib bormoqda. Ushbu holatni bartaraf qilish, dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mamlakatda yagona tergov organi Tergov qomitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz.Baxtiyor Ibrohimov,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0