“Atalanta” YChLda antiqa ko‘rsatkich qayd etdi
“Atalanta” Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi turida “Shaxtyor”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0) va C guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Foto: Twitter/@Atalanta_BCShu tariqa “Atalanta” guruhdagi dastlabki uchta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab keyingi bosqchiga yo‘l olgan ilk jamoaga aylandi. Bergamoliklar klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining dastlabki uchta turida “Dinamo Zagreb” (0:4), “Shaxtyor” (1:2) va “Manchester Siti”ga (1:5) yutqazib qo‘ygandi.Shunday natijaga 2002/03-yilgi mavsumda “Nyukasl” klubi ham erishgandi, biroq u vaqtda musobaqa reglamenti boshqacha bo‘lgan. Ingliz klubi birinchi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi guruh bosqichiga yo‘l olgandi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz