Afg‘oniston hukumati raisi: Bahsli ovozlar hisobga olinsa, saylov natijalari qabul qilinmaydi

Afg‘oniston hukumati raisi Abdulla Abdulla e’lon qilinishi kutilayotgan mamlakat prezidentligiga saylov natijalari hozirgi ovozlarni hisoblash tizimini inobatga olgan holda qabul qilinmasligini aytdi, deb yozadi “Afghanistan.ru”. Foto: EADailyMamlakat prezidentligiga nomzodning ushbu bayonoti Afg‘oniston markaziy saylov komissiyasi vakillari ovoz berish natijalari chorshanba kuni e’lon qilinishini aytganidan so‘ng e’lon qilindi.Avvalroq Abdulla Abdullaning blogi saylov natijalari tezroq e’lon qilinishini talab qilgan, bundan tashqari Abdullaning jamoasi 300 mingta bahsli ovozning hisobdan chiqarilishini talab qilgan edi.Eslatib o‘tamiz, saylovchilarning biometrik ma’lumotlarini tekshirish natijalariga ko‘ra mazkur ovozlarga nisbatan qoidabuzarlik belgilari, xususan, boshqa odamlarning fotosuratlari nusxalarini qo‘llash hollari va saylov o‘tkazish davri bilan ro‘yxatga olish vaqtining nomuvofiqligi aniqlangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0