Endi uyga kelgan mehmon uchun ham pul tolarkanmiz. Navoiy shahri hokimi uyga keluvchi mehmonlarga soliq solgani aytilmoqda

Navoiy shahri hokimi yangi qaror chiqardi. Bu qaror shahardagi oilaviy yotoqxonalarda yashovchilarning haqli noroziligiga sabab bolmoqda. Bu haqda Daryoga jurnalist Feruza Qodirova xabar beryapti. Foto: Feruza QodirovaFeruza Qodirovaning aytishicha, endi navoiyliklar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul tolaydi.Malum bolishicha, shahar hokimligi huzuridagi oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar bir kishilik joy (koyka) uchun 72 ming som tolaydi. Yotoqxonada doimiy yashovchi oilalar esa oyiga 144 ming somdan 450 ming somgacha tolov qiladi. Endi uyga mehmon kelsa va mehmon uyimizda 4 soatdan ortiq qolsa, mehmon uchun ham alohida tolov qilarkanmiz, deydi yotoqxonada yashovchilardan biri. Foto: Feruza QodirovaHokim qarorida korsatilishicha, mehmon uchun mezbon bir kunga 3 000 som tolaydi. Bazilar ota-onasiga qarashga togri keladi, bazilar esa farzandiga. Bunday paytda juda noqulay, ortiqcha xarajat bolyapti. Axir farzandmiz ota-onamizga vaqtincha bolsa-da qarashga togri keladi, deydi 3-yotoqxona 420-xonadonda yashovchi S. Ochilov.Yotoqxonada yashovchilarni mehmon uchun pul tolashga majburlash ogir sharoitda yashayotganlarni qiynab qoyayotgani takidlanmoqda. Foto: Feruza Qodirova Olis tumandan qarindoshlarim tibbiy klinikaga korikka kelgan edi. Ular kech kirib qolgach, biznikida qoldi. Mehmonlarimiz uchun pul tolab keldim, ozim yolgiz ayolman, sharoitim ogir, deydi 709-xonadonda yashovchi B. Normatova.Yotoqxonada yashovchilarning shikoyat qilishicha, yotoqxona uchun alohida tolov amalga oshirilsa ham yashovchilar koridor, oshxona va hojatxonani yuvishga ishlatiladigan tozalash vositalari uchun pul tolashga majbur qilinmoqda. Shuncha pul tolaganga yarasha yotoqxona sharoiti arzimaydi-da, deydi aholi vakillari. Foto: Feruza QodirovaAytilishicha, shaharning Ibn Sino kochasidagi 1, 2, 3-oilaviy yotoqxonalardagi lift bino qurilgan vaqtdan beri ishlamaydi. Binoning qurilganiga 50 yil bolgan. Liftning nosozligi tufayli 3-yotoqxonada bir kishi halok bolgan. Mazkur yotoqxonaga yangi lift ornatilganiga 3 yildan oshgan bolsa-da hali-beri ishga tushirilmagan, deyishmoqda aholi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0