Forbes Uzbekistanning bosh muharriri kim bolishi aniq boldi

Ozbekistonda Forbes jurnali tahririyati ish boshlashi haqida xabar berilgan edi. Foto: Forbes.kzYangi jurnal tahririyati binosi Toshkent shahrida boladi. Mushtariylarga nashrning bosma va sayt korinishidagi versiyasi taqdim etiladi. Jurnal hozircha faqat rus tilida, sayt esa rus va ozbek tillarida boladi.Forbes.kzning xabar berishicha, nashrning Ozbekistondagi tahririyatini Anastasiya Novikova boshqaradi. U bir vaqtning ozida jurnal va sayt bosh muharriri hisoblanadi.Biz uchun oquvchilarimizga sifatli maqolalar taqdim etish juda muhim. Biz har doim berilayotgan materiallarimiz darajasiga etibor bilan yondashamiz. Shuning uchun biz hozir Ozbekiston aholisi uchun qiziq boladigan mavzular tanlash ustida ishlamoqdamiz.Forbes Uzbekistanning birinchi bosh muharriri Anastasiya Novikova bolishini elon qilishdan mamnunman. Anastasiya Forbes.kzni yangi darajaga olib chiqqan inson. Uning yangi loyiha ustida ishlashga ham vaqt topa olayotganidan xursandman. U bir paytning ozida ham sayt, ham jurnalni boshqaradi. Oylaymanki, Anastasiya oziga yuklatilgan vazifani uddalay oladi deydi Forbes Uzbekistan muassisi Armanjon Baytasov.Mavzuga doir:Ozbekistonda Forbes jurnali chop etiladi. Jurnalning ilk soni martda chiqadi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0